Luisma Ernandes: "Yigitlar so'nggi daqiqalarda xursand qilishdi"
09 mar 2022 21:06
Yangiliklar


Luisma Ernandes: "Yigitlar so'nggi daqiqalarda xursand qilishdi"
"Juda ham qiyin o'yin bo'ldi. Bu mavsum safardagi ilk bahsda yigitlar oxirgi daqiqalarda xarakter namoyish etishdi va juda xursand qilishdi", - dedi Luisma Ernandes.
- "Nasaf" haqida nima deya olasiz?
- O'zbekistondagi eng yaxshi jamoalardan biri deb bilaman. O'z o'yin uslubi bilan boshqalardan ajralib turadi.
- O'yindan oldin qanday natija kutgandingiz?
- Albatta, qiyin o'yin bo'lishini bilardik. Ikkala jamoa o'z ishini professional darajada bajardi.
- O'yin davomida jamoa sardorini almashtirdingiz. Buning sababi nimada?
- Fozil Musaev ajoyib futbolchi, faqat o'yin davomidagi taktik o'zgarishni amalga oshirdik.
- "Metallurg" o'yin davomida tartibli himoyalandi, faqat gol o'tkazib yuborgach hujumga o'tdi va gol urishni uddaladi. Nima uchun bugun himoyaviy taktika tanlandi?
- CHunki qaysi jamoaga qarshi o'ynashimizni bilgandik. Raqib kuchli bo'lgani uchun himoyaga urg'uni qaratdik. Urgan golimiz taktik jihatdan ajoyib bo'ldi.
- Uchrashuvga 7 daqiqa qo'shib berilganiga munosabatingiz qanday?
- Men 5-6 daqiqa qo'shib beradi deb o'ylagandim, o'yin davomida juda ko'p to'xtalishlar bo'ldi.
- "Nasaf"ning OCHLdagi imkoniyatini qanday baholaysiz?
- O'zbekiston futbolini dunyoga tanitishda "Nasaf"ga omad tilayman.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar