Luisma Ernandes: "Individual xatolarimiz tufayli gollar bilan jazolandik"
09 apr 2022 22:30
Yangiliklar


Luisma Ernandes: "Individual xatolarimiz tufayli gollar bilan jazolandik"
O'zbekiston Kubogi 1-turidan joy egallagan "Metallurg" – "Bunyodkor" (2:4) bahsidan keyin "madanchilar" bosh murabbiyi Luisma Ernandes fikrlarini bildirdi.
- O'yin haqida
- Birinchi taym keskin ravishda kechdi. Individual xatolarimiz tufayli gollar bilan jazolandik. Ikkinchi taymda 10 ga 10 o'ynadik. Hisobni 2:3 ga etkazdik va tenglashtirishimiz ham mumkin edi. Afsuski, xato tufayli darvozamizdan yana bitta to'p olib chiqdik.
- Kubok o'yinlaridagi maqsadingiz nimalardan iborat yoki asosiy etiboringiz Superligaga qaratilganmi?
- Kubokdagi asosiy rejamiz keyingi o'yinlarga hozirlik ko'rish va "Surxon" hamda "Buxoro"ni mag'ub etish.
- Tug'ilgan kunini nishonlagan Abror Toshqo'zievning o'yini xususida qanday fikrdasiz?
- Umuman olganda, u haqda fikrim ijobiy. O'yin davomida faol harakat qilib, vaziyatlar yaratdi. U yanada ko'proq mehnat qilib, kuchayishda davom etishini xohlaymiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar