So’nggi yangiliklar

20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  16 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:53Суперлига. "Шўртан" - "Хоразм" 1:2 (матнли трансляция)  3 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  1 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  3 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1

Luisma Ernandes: "Ikkinchi bo'limning so'nggi daqiqalari biz uchun omadsiz kechdi" Yangiliklar

Luisma Ernandes: "Ikkinchi bo'limning so'nggi daqiqalari biz uchun omadsiz kechdi"

Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Neftchi" – "Metallurg" (3:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Luisma Ernandes matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Juda shiddatli uchrashuv bo'ldi. Har ikki jamoa yaxshi o'ynadi deb aytsak bo'ladi. Uchrashuvda yo'l qo'ygan xatoliklarimiz evaziga gollar o'tkazib yubordik. Bugun mezbonlarda g'alabaga bo'lgan ishtiyoq juda kuchli edi. Ikkinchi bo'lim so'nggi daqiqalari biz uchun omadsiz kechdi.

- "Metallurg"da ikkinchi bo'limdagi o'zgarishlardan so'ng jamoa o'yinida pasayish kuzatildi. Buni qanday izohlaysiz?

- O'yinni birinchi bo'limida nazoratga ega bo'lgandik. Ikkinchi bo'limda birinchi golni taktik o'zgarishlarlar amalga oshirilayotgan vaqtda qo'yib yubordik. Zaxiralardan keyin oldinga chiqib ochiq o'yin ko'rsatdik va gollar o'tkazib yubordik.

- Fozil Musaaev anchadan buyon maydonga tushmagandi, uning bugungi o'yinini qanday baholaysiz? SHuningdek, "Metallurg" safarda g'alaba qozona olmayotganiga sabab nima?

- Fozil Musaevdan minnatdormiz. Bugun ikkinchi taym boshida maydonga tushib yaxshi mehnat qildi. U jarohatdan so'ng safga qo'shildi, keyingi turlarda yanada yaxshiroq o'yin namoyish etadi.

Mehmonda o'tayotgan o'yinlarga ham jiddiy yondashyapmiz. Bugun "Neftchi" bilan bo'lib o'tgan uchrashuvga ham astoydil tayyorgarlik ko'rgandik. Jamoani o'rganib chiqqandik. Ularga g'alaba juda zarur edi. Gol urish uchun omadimiz kelmadi, aybni o'z xatolarimizdan izlashimiz kerak. 

- Ispaniyalik mutaxassis sifatida ECHL finali doirasidagi "Real Madrid" – "Liverpul" uchrashuvi oldidan fikringiz qanday?

- Ikki buyuk jamoalar o'rtasida uchrashuv bo'ladi. Muxlislar futbolning eng yuqori darajasi, haqiqiy "futbol spektali" guvohiga aylanishlariga shubha yo'q.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика