So’nggi yangiliklar

18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  0 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  1 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  8 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  2 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  0 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  11 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  29 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  3 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  32 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  7 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  6

Luisma Ernandes: "Futbol chempion bo'lishini xohlayman" Yangiliklar

Luisma Ernandes: "Futbol chempion bo'lishini xohlayman"

"Metallurg" - "Navbahor" o'yinidan (0:1) so'ng mezbon jamoa ustozi Luisma Ernandes matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

— Bugun o'z maydonimizda o'tkazgan oxirgi uchrashuvimiz edi. SHu bois bugun g'alaba qozonib, muvaffaqiyatimizni Bekobod ahliga sovg'a qilmoqchi edik. Afsuski, oxir-oqibat imkoniyatni boy berdik. SHunga qaramay, ikkala bo'limda ham shogirdlarim yuqori darajada o'yin namoyish etdi. 

— Yomg'irli ob-havo o'yinga tasir o'tkazdimi?

— Albatta, yomg'ir uchrashuvga tasir o'tkazmay qolmadi. Bu maydon holatida ham sezildi. SHunga qaramay, biz 6-7 ta golli vaziyatlar yaratdik. Uchrashuv oxirigacha kurashib, markaz va qanotlar orqali kombinaciyalar hosil qilishga harakat qildik. SHogirdlarim o'zining bor imkoniyatini ishga soldi deb o'ylayman. 

— Bugungi bahsda ishtirok eta olmagan Xudoyshukur Sattorovning o'rni bilindimi?

— Jamoadagi har bir o'yinchining o'rni bor. Ular har bir g'alabaga o'z hissasini qo'shmoqda. Sattorov, Toshqo'ziev va boshqa yo'qotishlar bo'lmaganida bundan ham yaxshiroq o'yin namoyish eta olardik. Biroq bugun mavjud imkoniyatlardan maksimal foydalanishga harakat qildik. Afsuski, raqib jamoa yaratgan imkoniyatdan so'ng o'z darvozamizdan to'p o'tkazib yubordik. 

— Qaysi jamoani chempionlikka haqli deb hisoblaysiz?

— Hozirda g'oliblik uchun kurashayotgan uch klub ham chempionlikka loyiq. Lekin "Nasaf" o'z uyida mag'lub bo'lganini eshitib, biroz hayron bo'ldim. Qaysi jamoa chempion bo'lishini emas, futbol chempion bo'lishini xohlayman. 

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика