So’nggi yangiliklar

13:33Перес: "Тони Кроосга ўхшашини топиш жуда қийин"  0 12:42Пулишич: "Чемпионлар Лигаси биз учун доим энг муҳим мусобақалардан бири бўлиб қолаверади"  0 11:59"Манчестер Сити" учун АПЛ кейинги ҳафта тугайди, агар..."  10 11:35Луис Энрикенинг шаҳсан ўзи Рэшфордни ПСЖда кўрмоқчи  2 11:12"Ньюкасл" Серхио Рамосга қандай шартнома таклиф қилиши маълум  1 10:44Шкриньяр "Ювентус" билан келишиб қўйди  1 10:19Каррагер: "Жамоа 2-3 йил ҳеч қандай соврин ютмаса ҳам, "Ман Сити" Пепни ишдан бўшатмайди"  3 09:55"Милан" "Эвертон" ҳужумчисини сотиб олмоқчи  1 09:27"Бавария" "Барселона" собиқ вингерига қизиқиш билдирмоқда  1 09:00Флик Ямаль қачон сафга қайтишини маълум қилди  3 08:36Паулу Фонсека: "Бунга ҳаққимиз йўқ!"  0 08:11Викарио "Ман Сити"га қарши 60 дақиқа синган оёқ билан ўйнаган  1 07:49"Реал Мадрид" Мартин Субименди учун курашга киришди  0 07:25Венсан Компани: "Яқин йилларда ПСЖнинг қатор футболчилари Месси, Неймар ва Ибрагимович даражасига чиқади"  5 05:05Остон Ўрунов жамоаси Қатар клуби билан муроса кўчасини танлади  0

Luish Nani: Mening joyim – asosiy tarkib Yangiliklar

Luish Nani: Mening joyim – asosiy tarkib

Portugaliya terma jamoasi bilan Evropa chempionligini qo'lga kiritgan yarim himoyachi Luish Nani Valensiya azosiga aylandi.

Xabaringiz bor, futbolchi Aleks Fergyuson davrida Manchester Yunaytedning etakchilaridan biri bo'lgandi. Yaqinda The Guardian nashri muxbiri bilan bo'lgan suhbatda Nani Manchesterdagi davrlarini esga oldi. Esingizda bo'lsa, Devid Moyes kelganidan so'ng u Yunaytedga keraksiz bo'lib qolgandi.

Nani avvaliga tushunmadi. Moyes davrida, yani 2013 yilning sentyabrida portugaliyalik futbolchi Manchester Yunayted bilan yangi besh yillik shartnoma imzoladi. U jamoaga 2007 yili Sportingdan kelib qo'shilgandi. Jamoadagi olti yillik faoliyatidan so'ng bu yaxshi sovg'a edi. Ammo Moyes futbolchiga o'ynash uchun imkon bermadi. Aniqrog'i, deyarli maydonga tushirmadi. 2013|2014 yillar mavsumida u atigi etti marta asosiy tarkibdan joy oldi.

- Manchester Yunayted bilan yangi shartnoma tuzishim hayotimdagi eng quvonch­li voqea bo'lishini kutgandim. Ammo buning aksi bo'lib chiqdi, - deydi Luish. - Bunday shartnomalarni imzolangandan keyin sizga ishonishayotganini his qilasiz. Amalda esa buning aksi bo'ldi. Buning ustiga jarohatlar. Bundan juda azoblanardim. Moyesning o'rnini Lui van Gal egallaganidan so'ng vaziyat yanada yomonlashdi. U menga agar qolishni istasam asosiy tarkib uchun kurashishim, lekin birinchi, hattoki, ikkinchi qarori bo'lmasligimni aytdi. Men esa yo'q deb javob berdim. Bu jamoada ko'p yillar o'ynadim, kerakli o'yinchi bo'ldim. SHundan so'ng bir qarorga kelishim kerak edi. Men har doim asosiy tarkibda o'ynashni istayman.

SHu tariqa Nanining Manchesterdagi faoliyati yakunlandi. Umuman olganda, portugaliyalik futbolchi mazkur jamoada bor imkoniyatlarini ishga solmagandek hissiyotlar qoldi. U Lissabonning Sportingi­ga bir yilga ijaraga berib yuborildi. 2015 yilning iyulida esa Fenerbaxchega 4,25 million funt sterling evaziga sotib yuborildi. Angliyada uning Turkiya chempionatiga yo'l olishini hech kim kutmagandi.

Lekin Nani kurashni to'xtatmadi. SHu yozda u Istanbuldan Ispaniya chempionatiga yo'l oldi. Yani Valensiya futbolchini 9 million evro evaziga sotib oldi. Primeraning dastlabki turida ko'rshapalaklar debyutant Las Palmasga imkoniyatni boy berishdi. Nani esa bu uchrashuvda ishtirok eta olmadi. Gap shundaki, u Turkiya kubogi finalidan o'rin olgan Galatasaroyga qarshi uchrashuvda hakam bilan tortishgani uchun qizil kartochka olib maydondan chetlatilgandi. Ana shu diskvalifikaciya Ispaniya chempionatida kuchga kirdi.

SHu o'rinda aytish joiz Angliyaning to'rt karra chempioni va CHempionlar Ligasi g'olibi hisoblangan Nani uchun 2016 yilning yozi muvaffaqiyatli kechdi. U Stad de Frans stadionida Evro-2016 mezboni Franciya terma jamoasiga qarshi kechgan qita chempionatining finalida eng yaxshilardan biri bo'ldi. O'sha kuni sardorlik vazifasini bajargan Luish Portugaliya terma jamoasi bilan Evropa chempioniga aylandi. Umuman olganda, Nani Franciyadagi turnirni ajoyib tarzda o'tkazdi. Uchta gol urgan futbolchi yana bir golga assistentlik qildi. Lekin finalda kutilmagan holat yuz berdi. Bu Krishtianu Ronaldu jarohat olganidan so'ng yuz berdi. Portugaliyaliklar etakchisi maydonni ko'zida yosh bilan tark etdi. Ammo maydonni tark etayotib MYUdagi sobiq jamoadoshi Nanini topdi va unga sardorlik bog'ichini berdi.

Bu Portugaliya futboli tarixidagi eng muhim kun edi. Bunga qadar ular biror marta ham yirik turnirda g'alaba qozonishmagandi. Final o'yinining 25-daqiqasidan boshlab Nani sardor sifatida Rafael Gerreyra, Renatu Sanches va Joao Mariu kabi futbolchilarga boshchilik qildi. Tanqidchilar Nanining etakchilik qila olmasligini takidlashardi. Lekin aynan uning sardorligida Portugaliya terma jamoasi o'z tarixida birinchi bor Evropa chempioni bo'ldi.

- Krishtianu maydonni tark etganda qandaydir g'alaba tuyg'usi bo'ldi. CHunki u bizning sardorimiz, eng yaxshi o'yinchimiz. Lekin men miyamni boshqa narsalarga ishlatishim kerak edi. O'z vazifamni bajardim va sardor qilishi kerak bo'lgan ishni qildim.

SHuningdek, bu mening faoliyatimdagi eng muvaffaqiyatli kundir. CHunki bu yurtimning muvaffaqiyatidir. Har bir futbolchi vatani uchun nimanidir yutishni istaydi. Bu g'alabadan Portugaliya xalqining quvonchini ko'rishning o'zi etarli. Biz tanqidchilarga ajoyib tarzda javob qaytardik. To'g'ri, guruh bos­qichida uchta durang qayd etdik. Lekin hal qiluvchi o'yinlarda hech kimni ayamadik.

JA'FARALI tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика