Luish Kashtru: "Ertaga qiyin o'yin bo'ladi"
11 avg 2020 12:28
Yangiliklar


Luish Kashtru: "Ertaga qiyin o'yin bo'ladi"
"SHaxtyor" bosh murabbiyi Luish Kashtru Evropa Ligasi 1/4 final doirasidagi "Bazel"ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"50ga 50. Men musobaqaga, raqibga, jamoamga va o'zimga nisbatan katta hurmatim tufayli bir narsa deya olmayman. Hozir hech narsa haqida o'ylamayapman.
Bizning miyamizda faqat "Bazel". Agar o'tadigan bo'lsak, kim bilan o'ynashimizning farqi yo'q. Faqat ertangi o'yinni o'ylaymiz. O'yin davomida butunlay boshqacha daqiqalar bo'lishini bilamiz. Biz bunga albatta tayyormiz.
Raqib kuchli yarim himoyachilariga ega juda yaxshi jamoa. Bundan tashqari ularda kuchli mudofaa ham mavjud. Ertaga qiyin o'yin bo'ladi," - deydi Kashtru.
O’xshash yangiliklar
20:00
UEFA Millatlar ligasi. Franciya uchinchi o'rin uchun bahsda Germaniyani mag'lubiyatga uchratdi 31

Fikrlar