Luish Figu 19 futbolchini mashg'ulotdan haydagan insonning o'rnida bo'lishni istamayapti
10 apr 2018 19:28
Yangiliklar


Luish Figu 19 futbolchini mashg'ulotdan haydagan insonning o'rnida bo'lishni istamayapti
O'tmishning mashhur futbolchilaridan biri - Luish Figu "Sporting" jamoasi prezidenti bo'lishni istamayapti.
"Record" nashri xabariga ko'ra, oldinroq 19 futbolchini mashg'ulotdan haydagan klub prezidenti Brunu de Karvalyuni klub akcionerlari istefoga chiqarishmoqchi.
SHu boisdan lissabonliklar vakillari Figuga taklif bilan chiqishgan. Biroq "Real", "Barselona" va "Inter" sobiq futbolchisi bunga rad javobini bergan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar