Figu Evro-2024 favoritlarini ko'rsatib o'tdi

Sherzod Nurmatov
21 mar 2024
Portugaliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Luish Figu 2024 yilgi Yevropa chempionati favoritlarini aytdi.

"Portugaliya iqtidorlarni jamlagan dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biri va o'ziga yarasha tajribaga ega. Biz Fransiya va Angliya qatorida chempionlik uchun favoritlardanmiz. Odatdagi favoritlar ham bor – Ispaniya, Germaniya, Belgiya. Bu juda yaxshi turnir bo'ladi deb o'ylayman. Umid qilamanki, Portugaliya chempion bo'ladi", – dedi sobiq futbolchi.

Eslatib o'tamiz, 2024 yilgi Yevropa chempionati 14 iyundan 14 iyulga qadar Germaniyada bo'lib o'tadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca