Luis Ximenes: "O'yinda vaqtni cho'zish va qo'pollik menga xos emas"
09 apr 2015 10:18
Yangiliklar

Luis Ximenes: "O'yinda vaqtni cho'zish va qo'pollik menga xos emas"
OCHLning 4-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Al Ahli" (0:1) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvidan so'ng mehmonlarning asli chililik va ayni vaqtda Falastin fuqaroligiga ega futbolchisi Luis Ximenes o'yin haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
"Juda qiyin o'yin o'tkazdik. Har ikki jamoa uchun ham g'alaba juda muhim edi. Oldinda bizni safarda Saudiyaning "Al Ahli"siga qarshi og'ir o'yin kutib turibdi. SHu o'yindan so'ng guruhdagi vaziyatga aniqlik kiritilsa kerak. "D" guruhida barcha kuchli jamoalar yig'ilgan. Hamma jamoaning maqsadi keyingi bosqichga chiqish shu bois so'nggi turlarni yaxshi o'tkazishimiz kerak" , - deydi Luis Ximenes.
- O'yin so'nggidagi holatlar borasida qanday fikrdasiz ? Vaqtni cho'zish, o'yinni to'xtab qolishi...
Men hech qachon futbol o'yini vaqtida har xil arzimas sabablar bilan maydonda yotmayman. Vaqtni cho'zish menga xos odat emas. O'yin so'nggida zaxiraga chiqdim va kiyinish xonasiga bordim. Aynan qanday sabab bilan to'xtab qolganini faqatgina jamoadoshlarim aytgani bois bildim. Hakam ham shu bois etarlicha vaqt ajratdi deb o'ylayman. Jamoadoshlarimizni aytishiga maydonga jarohatlovchi buyumlar tushgan. Futbolda vaqtni cho'zish va qo'polliklarga qarshiman. Men ko'pdan buyon shu klubda faoliyat olib bormoqdaman va bunday vaziyatlarga hamisha qarshi bo'lganman.

Fikrlar