Luis Suares: "Jerrarddek futbolchi bilan birga to'p tepganimdan g'ururlanaman"
03 jan 2015 12:49
Yangiliklar


Luis Suares: "Jerrarddek futbolchi bilan birga to'p tepganimdan g'ururlanaman"
"Barselona" futbolchisi Luis Suares sobiq jamoadoshi Stiven Jerrard haqida gapirib o'tdi.
"Faoliyatimning eng zo'r vaqtlarini u bilan o'tkazganman. Stiv, sendek afsona bilan birga maydonda o'ynaganimdan g'ururlanaman. "Liverpul" uchun qilgan ishlaringni tariflab berish qiyin. Senga barcha yaxshi tilaklarni tilayman", - deb yozadi futbolchi o'z tvitterida.

Fikrlar