Luis Suares "Yuventus" bilan muzokaralarni to'xtatdi

Alisher
10 sen 2020, 12:50
"Barselona"ning urugvaylik hujumchisi Luis Suares "Yuventus" bilan muzokaralarni to'xtatdi.

Suares "Yuventus"ga o'tishi to'g'ri bo'lishiga shubhasi bor, sababi bu katta ehtimol bilan faoliyatidagi so'nggi katta transferi bo'ladi. Urugvaylik futbolchi yakuniy qaror qabul qilishdan oldin barcha ehtimoliy sceraniylarni baholamoqchi.

"Barselona" yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman urugvaylikka ishonch bildirmayapti. Futbolchi uchun asosiy da'vogar Kataloniya klubi bilan bog'langan "Yuventus" bo'lib qolmoqda. Shuningdek unga "Atletiko" qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

Luis Suares "Barselona"da 2014 yildan beri o'ynaydi. Futbolchi o'tgan yilgi mavsum barcha musobaqalarda 36ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol va 10ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport.es