Luis Suares: "PSJga qarshi duel yakunlangani yo'q"

Aslanov Jasurbek
20 apr 2015
"Barselona" hujumchisi Luis Suaresning takidlashicha, PSJga qarshi Chempionlar ligasi chorak final bahsi natijasi aniq bo'lgani yo'q.

"Birinchi o'yin natijasiga qaramasdan duel yakunlangani yo'q. PSJ juda qiyin raqib. "Barselona"da o'zimning eng yaxshi o'yinimni ko'rsatyapmanmi, yo'qmi, buni bilmayman, ammo jamoaga nafim tegayotgani rost gap. Gollar juda muhim emas. Asosiysi jamoa mavsumni muvaffaqiyatli o'tkazishi.

PSJda uchrashuv taqidirini o'zgartira oladigan futbolchilar etarlicha. Parijdagi o'yinimizni qayta ko'rsatishimiz kerak. Zlatan Ibragimovich - ajoyib hujumchi va uning muvaffaqiyatlari bilan barcha tanish. U doimo sayyoramizning eng yaxshi besh futbolchisidan biri bo'lgan. PSJga qarshi o'yinda unga ko'proq e'tibor berishimiz kerak" - deydi Luis Suares.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru