So’nggi yangiliklar

13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  9 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  8 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  3 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  16 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24

Luis Suares Ispaniyani chempion qilgan "Evro" haqida Yangiliklar

Luis Suares Ispaniyani chempion qilgan "Evro" haqida

O'tgan asr o'rtalarida "ko'hna qita" birinchiligining reglamenti mutlaqo o'zgacha edi.

Unga ko'ra, musobaqada ishtirok etish maqsadini bildirgan jamoalar orasida saralash bosqichi o'tkazilar, yakunda saralangan 4 jamoa musobaqaning final bosqichiga yo'l olardi. Mazkur 4 jamoadan biri mezbon sifatida tayinlangan va o'sha mamlakat turnirning tashkiliy ishlari bilan shug'ullangan. Musobaqaning yakuniy bosqichi 4 uchrashuvdan iborat bo'lardi: 2ta yarim final, 3-o'rin uchun bahs va final.

1964 yilgi Evropa chempionatining final bosiqichiga ham 4ta jamoa yo'l oldi: Ispaniya, Vengriya, SSSR va Daniya. Ushbu musobaqada ishtirok etish uchun 29ta terma jamoa ariza topshirgandi. (Bu borada oldingi musobaqaga nisbatan ancha o'sishga erishilgan. Evro-1960ga ishtirok etish niyatini 17 jamoa bildirgandi.) Turnir mezboni sifatida Ispaniya tanlandi, o'yinlar 2 shaharda (Kataloniya va Madrid) 1964 yilning 17-21 iyun kunlari o'tkazilishiga kelishib olindi.

Bevosita turnirga to'xtalsak, yarim finalda vengerlarni qiyinchilik bilan enggan mezbon Ispaniya finalga chiqdi. Yakuniy bahsda ispanlarga Daniyani mahv etgan sobiq sovet ittifoqi vakillari raqiblik qiladigan bo'ldi.

3-o'rin uchun bahsda Vengriya Daniyadan ustun keldi va hamma finalni intiqlik bilan kuta boshladi. O'shanda final o'yinini qaysi stadionda o'tkazish masalasi ancha munozaralarga sabab bo'lgan ekan. Yakunda 90 ming kishilik "Nou Kamp" esmas, 110 ming tomoshabinga mo'ljallangan  "Santyago Bernabeu" tanlanadi.

Mezbonlarga tomoshabinlarning qo'llab-quvvatlashi kuch bag'ishlasa, SSSR musobaqaning amaldagi chempioni edi va bu unvonni o'zida saqlab qolish uchun harakat qilardi.

Ispaniya – SSSR 2:1

Gollar: Pereda, 6, Marselino, 84 – Xusainov 8


Ispaniya: Iribar – Rivilya, Olivelya, Kalexa – Soko, Fuste – Pereda, Suares, Amansio, Marselino, Lapetra

SSSR: Yashin – Anichkin, SHustikov, SHesternev, Mudrik – Voronin, Korneev, CHislenko, Xusainov – Ivanov, Ponedelnik

Madriddagi 79 ming tomoshabin guvohligida o'tkazilgan bahsda hisob mezbonlar tomonidan ochildi. O'ng qanotdan jarima maydonchasi ichiga oshirilgan uzatmadan keyin SSSR himoyachilari qo'pol xatoga yo'l qo'yadi va 6-daqiqada Pereda to'p kiritadi. Ispanlarning goldan keyingi quvonchi uzoqqa bormadi. CHunki oradan 2 daqiqa o'tgach tataristonlik chap qanot hujumchisi Galimzyan Xusainov muvozanatni tikladi. Goldan keyin SSSR keskinlikni oshirdi. Ispanlar esa keyingi hujumlarini yarim himoyachi Luis Suares orqali tashkillashtirishga harakat qilardi. SHunday hujumlardan biri 84-daqiqada samara berdi, Marselino o'yinda yakuniy hisobni o'rnatdi - 2:1. SHu tariqa Ispaniya Evropa chempioniga aylangandi.

O'sha gollarni quyidagi videotasvirda ko'rishingiz mumkin.


Mazkur musobaqaning eng yaxshi futbolchisi sifatida Ispaniya terma jamoasi o'yinini tashkillashtirishda jonbozlik ko'rsatgan Luis Suares taqdirlanadi. Malumot uchun, Suares o'sha paytda Milanning "Inter" klubi sharafini himoya qilardi. U 1954-61 yillarda "Barselona"da ham o'ynagan va 1960 yilda "Oltin to'p"ga munosib ko'rilgan.

Yana shuni takidlash kerakki, finalda gol urgan Galimzyan Xusainov 1980-1982 yillarda Toshkentning "Paxtakor" klubi bosh murabbiyi vengriyalik Ishtvan Sekechning yordamchisi sifatida faoliyat yuritgan.

Faxriddin Ro'ziev

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика