Luis Suares: "CHempionlik kurashida 2 ochko yo'qotdik"
28 iyu 2020 02:21
Yangiliklar
Luis Suares: "CHempionlik kurashida 2 ochko yo'qotdik"
"Barselona" hujumchisi Luis Suares Ispaniya chempionati 32-turi doirasida o'tkazilgan "Selta"ga (2:2) qarshi uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Ko'ngildan salbiy his-tuyg'ular o'tyapti. Biz chempionlik kurashi yo'lida 2 ochko yo'qotdik. Hammasi o'z qo'limizda edi. Endi "Real" ochko yo'qotishini kutishdan o'zga choramiz yo'q.
Albatta, hafsalamiz pir bo'ldi. Biz uchun ham, "Real" uchun ham qiyin o'yinlar hali oldinda. Keyingi bahslarda xatolarimizni tuzatish uchun harakat qilamiz", – dedi urugvaylik forvard.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar