So’nggi yangiliklar

13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  0 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  0 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  0 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  14 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  2 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  6 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  5 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  1 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0

Luis Suares: “Biz Messi kuchliligini bilamiz” Yangiliklar

Luis Suares: “Biz Messi kuchliligini bilamiz”

“Barselona” hujumchisi Luis Suares xorijlik hamkasblarimiz bilan suhbatda nima uchun Urugvayda kam bo'lishi, Messining yutuqlariga egalik qilish xohishi va FIFAning unga nisbatan qabul qilgan diskvalifikaciyasi haqida savollarga javob berdi.


- Yaqingacha sizga faoliyaingizda sovrinlar etishmasdi. “Barselona”da bir yilda 4 sovrin yutdingiz. Bu siz qidirgan narsami?

- Ha, boshidanoq shu haqida gapirgandim. Klub har bir sovrinni yutish imkoniyatiga ega. Sovrinlar “Barsa”ning o'zgarmas maqsadidir.

- Klublar jahon chempionatini yutish mumkinligi sizni ilhomlantiradimi?

- Albatta. Turnir nomi o'zgargan, lekin 9-10 yoshimda ertalabki 6da uyg'onib, finalni ko'rardim. “Olimpiya”, “Real Madrid”, “Boka”, “Milan”… Ajoyib xotiralar! Bu musobaqada bevosita ishtirokchi bo'lish esa ikki baravar hayajonli.

- Yoshlikda sizga kim o'rnak bo'lgan?

- Batistuta - xarakter va o'yin uslubi sababli. U ajoyib to'qqizinchi raqamli futbolchi va men uchun namuna edi.

- “Barsa”da mahoratni o'stirish boshqa klublarga qaraganda osonroqmi?

- SHunday. O'sib borishga xohish bo'lishi muhim, bu saviyaga yaqin o'yinchilar bilan buni uddalash osonroq. Ular qanday ishlayotganiga boqib, ko'p narsani o'rganasan.

- Siz qaysi jihatlarni yaxshilashingiz kerak?

- O'zimga tanqidiy munosabatdaman. Bazan o'zimda shoshishni his qilaman, bir necha soniya tanaffus qilib turish etishmaydi. Bizga hujum qilishayotganda bu zarur. Bunday vaziyatda hujumchi xotirjamlikni saqlashi kerak, yarim himoyachilar bir oz tin olishadi.

- Bu instinkt qaerdan paydo bo'ladi?

- Bu Janubiy Amerika futbolining xususiyatidir. Menga hech kim uni berib qo'ymagan. Bolaligimda o'sish uchun ko'p ish qilganman: mashg'ulotga borish uchun yarim soat avtobusda yurishim zarur edi. Men sotish uchun telefon kartochkalarini yig'ardim va o'sha pul evaziga avtobusga chipta sotib olardim. Bazida esa chipta olmaslik uchun 2-3 soat oldinroq yo'lga chiqardim. Bolalikdagi qiyinchiliklar haqida eslash menga bugungi lahzaning har biridan rohat olish imkoniyatini beradi.

- Maydonda nimadir o'xshamasa, uyda ham buni namoyish etasizmi?

- Uyda barcha narsa haqida unutaman. Men otaman va oilali odamman.

- Televizorda futbol ko'rasizmi?

- Bazan. Ko'rishga harakat qilaman, biroq ikki farzand va xotinim bilan buni uddalash qiyinroq (kuladi).

- Braziliyalik Neymar, argentinalik Messi va siz o'rtangizdagi aralashishni qanday tushuntirasiz?

- Terma jamoada ekanimizda uni o'limgacha himoya qilishga tayyormiz. Bu erda esa boshqa ish. Maqsadimiz “Barselona”ga sovrinlar keltirish. Maydon va uning tashqarisida yaxshi aloqaga egamiz. Barchamiz Messi kuchli ekanligini bilamiz va undan nimanidir o'zlashtirishga intilmaymiz. Hech qanday hasad yo'q. Biz jamoamiz va o'zaro raqobat qilmaymiz. Kimdir birinchi bo'lish uchun urinsa, bu bizga qiyinchilik tug'dirardi.

- Siz qandaydir boshqacha holatda Messi bilan birga o'yinga tayyorlanasiz. Bu uning oldida oddiy bo'lmaslik uchunmi?

- Xohishli bo'lish eng yaxshisidir. Menda o'z vazifam bor. 4 futbolchini aldab o'tishga intilmayman, buning uchun Messi, Neymar va Inesta bor. Men zarur paytda tepaman, aks holda to'p oshiraman. Bu erda yordam berish uchunman.

- O'zgarishlar tufayli raqib jarima maydoniga yaqinroq o'ynay boshladingiz. Bu yaxshimi?

- Albatta. Jarima maydoni ichida hujumchi o'zini qulayroq va golga yaqinroq his qiladi. Jamoa muvaffaqiyati hammasidan ustun, biroq 9-raqamli futbolchi bo'lish ko'proq imkoniyat beradi. U jamoada har qanday holatda ko'p gol uriladi. Bu yaxshi.

- “Barsa”dagi bir yildan keyin sizga klubda nima eng maqul keladi?

- Maydonga tushish va rohatlanish. Avval ham shunday qilardim, biroq farqlar bor. Bugun oldingidek bosimni his qilmayman. Bu erda ko'proq narsa bajaradigan o'yinchilar va barchasini zimmangga olish shart emas. Bu xotirjam bo'lishga yordam beradi. “Liverpul”da jamoaga yaxshi bo'lishi uchun mendan nimadir o'ylashni talab qilishardi. O'yinni yomon o'tkazsam, tanqid qilinardim. Omadsizlikni o'zimga olib, ularni qiyin engib o'tardim.

- Rotaciya manosini tushunib etdingizmi?

- Futbolchi hamisha o'ynashni istaydi. Bazan kimdir xafa bo'ladi, lekin keyin murabbiy haq ekanligini anglab etadi. Faqat Luis Enrike to'g'risida gapirmayapman, avvalgi murabbiylar haqida ham. Braziliyada jahon chempionatida murabbiy birinchi o'yinda meni tushirmadi. Jarohatdan endi safga qaytgandim. Xafa bo'ldim, ammo keyin uning haqligini bildim. O'shanda maydonga tushganimda yana sinib qolardim. Bu nafratning namoyon bo'lishi, lekin ko'p murabbiylar buni tushunadi. Ular ertasi kuni barchasi joyida bo'lib, muhokama uchun fursat topilishini yaxshi bilishadi.

- Nimadir yaxshi ketayotgan bo'lsa, qaysidir aniq harakatni yana qaytarasizmi?

- Ha, shunday yo'l tutaman. Harakat ish bermasa, uni o'zgartirishga intilaman. Yana va yana. Futbolchi biror narsa o'xshamasa, bahona qidiradi va vaziyatni o'zgartirishga urinib ko'radi.

- Futboldan chalg'ishga nima yordam beradi?

- Bolalar bilan har lahzadan zavq olaman. Futbolchi ko'p sayohat qiladi, lekin birinchi o'rinda u insondir. Oiladan uzoqda bo'lib, u ham boshqalar singari aziyat chekadi. Xobbi haqida gapirsam, men uchun “PlayStation” maqul.

- Bolalar otasi kim ekanligini tushunib etishganmi?

- Qizim tushunadi. Biror joyga chiqqanimizda u berkinish kerakligini aytadi, chunki u odamlar dastxat yoki rasmga tushishni so'rashini biladi. O'g'lim endi 2ga to'ladi. U otasi futbol o'ynashini tushunib etmoqda.

- Urugvayni 19 yoshda tark etgansiz. U erni sog'inasizmi?

- O'shanda endi 19ga kirgandim. Men qarindoshlarim, oilamsiz zerikaman, lekin chin do'stlarimni barmoq bilan sanab berishim mumkin. SHunday odamman. Imkoniyat bo'lsa ko'rishamiz, lekin Urugvayda biror joyga chiqish men uchun qiyin. SHu sababli bazida Barselonada qolishni afzal bilaman, bu erda ko'proq narsa qila olaman. Urugvay kichkina va terma jamoaga nisbatan muxlislarning haddan tashqari etibori meni mashhur qilib yuborgan.

- Urugvayda o'ynashingizga diskvalifikaciya xalal bermoqda. Yana terma jamoa uchun o'ynashni istaysizmi?

- Judayam. Terma jamoaga qaytganimda oradan ikki yil o'tgan bo'ladi. Bu tushunarsiz. Jazoning uzoq muddatli ekanligi yanada tushunarsiz. Doping uchun 1-2 yilga chetlatishadi. Mening misolimda shunday yo'l tutishgani og'riqli.


Behzod Nazarov tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика