Luis Suares "Ayaks"ga qaytishi mumkin
24 iyu 2022 14:47
Yangiliklar
Luis Suares "Ayaks"ga qaytishi mumkin
Urugvaylik futbolchi Luis Suares faoliyatini "Ayaks"da davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konurning xabariga ko'ra, klub rahbariyati "Barselona" sobiq o'yinchisi nomzodini ko'rib chiqmoqda.
Futbolchi Niderlandiya klubiga shu yozda erkin agent maqomida qaytishi mumkin. U oldinroq "Ayaks"da 2007-2011 yillarda o'ynagan.
Suares o'tgan mavsum "Atletiko" libosida barcha musobaqalarda 45ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar