Luis Enrike Uels bilan o'yin haqida: “Oldinda turgan o'yinning qiymati baland”
11 okt 2018 08:30
Yangiliklar
Luis Enrike Uels bilan o'yin haqida: “Oldinda turgan o'yinning qiymati baland”
Ispaniya terma jamoasi ustozi Uelsga qarshi o'rtoqlik o'yini oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Kimga terma jamoadan chaqiruv olib yaxshi mashg'ulot o'tayotgan bo'lsa, o'sha futbolchi etarlicha o'yin vaqtiga ega bo'ladi. Bizda bir nechta mashg'ulotlar bo'lib o'tdi. Ammo ulardan faqat bittasi o'zim xohlaganimdek o'tdi. Oldinda turgan o'yinning qiymati baland. To'g'ri, bu o'yin ochko bermaydi. Biroq biz har bir o'yin muhim ahamiyat kasb etadigan bosqichda turibmiz. Bu futbolchilar uchun mening xabarim!
O'z o'yin uslubimizni o'zgartirmaymiz. Biz Uels o'yinini Beylni hisobga olgan holda o'rgandik, u jamoaga ikki muhim o'rinda yordam beradi — tezlik va hujumda”,—deydi Enrike.
Fikrlar