Luis Enrike: "Selta" "Barselona"ni havotirga solib qo'ya oldi"
30 okt 2013 16:17
Yangiliklar


Luis Enrike: "Selta" "Barselona"ni havotirga solib qo'ya oldi"
"Selta" bosh murabbiyi Luis Enrike jamoasining "Barselona"ga qarshi o'yiniga ijobiy baho berdi. Garchi ular 0:3 hisobida mag'lub bo'lgan bo'lsalar ham.
"Bunday masshtabdagi raqibga qarshi o'yinda oldimizga munosib qarshilik ko'rsatish va imkon bo'ldi deguncha ularga qiyinchilik tug'dirish vazifasini qo'yamiz. Birinchi bo'limda shunday qildik ham. Jamoam "Barsa"ga qarshi yaxshi kurashdi. Biroq ikkinchi bo'lim boshidayoq ikkinchi golni o'tkazib yuborganimiz qimmatga tushdi".
"Bunday kuchli raqiblarga qarshi o'ynash doim yoqimli. Biz "Barselona"ni havotirga solib qo'ya oldik. Bu esa keyingi o'yinlar oldidan optimizimning paydo bo'lishiga sabab bo'ladi", dedi u.
"Bunday kuchli raqiblarga qarshi o'ynash doim yoqimli. Biz "Barselona"ni havotirga solib qo'ya oldik. Bu esa keyingi o'yinlar oldidan optimizimning paydo bo'lishiga sabab bo'ladi", dedi u.

Fikrlar