Luis Enrike: “Polshaga qarshi oson bo'lmasligini bilardik”
20 iyu 2021 08:45
Yangiliklar
Luis Enrike: “Polshaga qarshi oson bo'lmasligini bilardik”
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Polsha terma jamoasiga (1:1) qarshi bellashuvdan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Tezroq o'yinni qayta ko'rib chiqib, uni tahlil qilishini istayapman. Taasurotlar yaxshi emas. Raqibdan yaxshiroq o'ynagandek ko'rindik, ammo bu g'alaba uchun etarli bo'lmadi.
Polsha termasining o'yini yoqdi. Ular ko'plab vaziyatlarni yarata olishdi. Biz judayam g'alaba qozonishni istadik, ammo yaqqol golga tortadigan vaziyatlarni tashkil qila olmadik. Qolaversa, muhim pallada penaltidan foydalana olmadik.
SHogirdlarimdan bundanda ko'prog'ini kutgandim. Biz g'alaba uchun maydonga tushdik. Agar keyin turda g'alabaga erishsak, bugungi durang ham bizni qanoatlantiradi. Unda biz guruhda birinchi o'rinni egallaymiz. Polshaga qarshi oson g'alabaga erishib bo'lmasligini bilardik”, dedi murabbiy.
Fikrlar