Luis Enrike: "Pedri - haqiqiy Garri Potter"
13 dek 2022 19:13
Yangiliklar


Luis Enrike: "Pedri - haqiqiy Garri Potter"
Ispaniya termasi sobiq bosh murabbiyi Luis Enrike yarim himoyachi Pedrini kinoqahramon Garri Potterga o'xshatdi.
"Pedri - haqiqiy Garri Potter. To'pni afsungar kabi boshqara oladi, jismoniy jihatdan esa uni mahluq desa bo'ladi. Xatto qiyin vaziyatlarda ham aqlli fikrlaydi.
U menga Inestani eslatmoqda. Bunday futbolchilar jahon chempionatida barchani o'ziga qarata oladi", - dedi Enrike.
20 yoshli Pedri Qatardagi jahon chempionatida 4 o'yinda maydonga tushdi. Enrike ushbu mundialdan keyin istefoga chiqarildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar