Luis Enrike: "Matyo bilan oramizda muammo yo'q, ammo uning gapi bo'lsa, marhamat aytsin"

Aslanov Jasurbek
1 noya 2014, 11:06
"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa himoyachisi Jeremi Matyo bilan orasida hech qanday tushunmovchilik yo'qligini ta'kidladi.

Oldinroq himoyachi "Real" bilan o'yinda nega qanotda o'ynaganini tushunmaganini aytgan edi.

"Matyo bilan gaplashib olish uchun sabab yo'q. Agar uning gapi bo'lsa, marhamat aytsin. OAV keltirgan uning so'zlari qanchalik to'g'riligini bilmayman. Ammo menda hech kim bilan muammo yo'q" - deydi murabbiy.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com