Luis Enrike: Mag'lubiyatda barcha aybni o'z bo'ynimga olaman
15 avg 2015 07:31
Yangiliklar


Luis Enrike: Mag'lubiyatda barcha aybni o'z bo'ynimga olaman
Barselona bosh murabbiyi Luis Enrike Ispaniya superkubogi doirasidagi Atletikdan uchralgan yirik mag'lubiyatdan (0:4) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Kambek haqida gapirish mantiqsizlik. Omadimiz kelmadi. Natijani faqat jamoaning o'zi o'zgartira oladi. Mag'lubiyatdagi barcha aybni o'z bo'ynimga olaman. Rotaciya orqali yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayapmiz. Futbolchilarga ko'p yuklama berib bo'lmaydi. Javob o'yinida ham shu tarkibni tushiraman. Dushanba kuni biz muxlislarimiz qarshisida Atletik darvozasi oldida ko'proq xavfli vaziyatlar yaratishga urinamiz.
Qaytaraman, buni faqat jamoa qila oladi, – deydi murabbiy.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar