Luis Enrike Kosovoga qarshi o'yin startiga nega etib kelolmagani malum bo'ldi
01 apr 2021 21:57
Yangiliklar
Luis Enrike Kosovoga qarshi o'yin startiga nega etib kelolmagani malum bo'ldi
JCH-2022 saralashidan o'rin olgan Ispaniya – Kosovo bahsida mezbonlar 3:1 hisobida zafar quchdi.
“Qizil furiya” ustozi Luis Enrike stadionga kechikib keldi va o'yin boshini o'tkazib yubordi. ESPN manbasiga ko'ra, u o'yin oldidan liftda qolib ketdi.
Aniqrog'i, Enrike o'z assistentlari bilan terma jamoa joylashgan mehmonxonadagi lift to'xtab qolishi oqibatida uning ichida bir soat qolib ketishgan.
Fikrlar