Luis Enrike: “Bu bizning eng yaxshi o'yinimiz emasdi”
16 okt 2018 09:50
Yangiliklar
Luis Enrike: “Bu bizning eng yaxshi o'yinimiz emasdi”
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Angliyaga qarshi o'yindan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Bu bizning eng yaxshi o'yinimiz emasdi. Muxlislarimizga boshqacha futbol ko'rsatib bera olmaganimizdan afsusdaman. Uchrashuvning boshlanishi bizga qimmatga tushdi. Biz xatolarga yo'l qo'ydik, raqib esa gollar urdi. Bu esa ularning vazifasini engillashtirdi. Ikkinchi bo'limni esa ijobiy baholayman. Biz raqibni maydonning ikkinchi yarmiga qamab qo'ydik. Biz o'yinni o'zgartira oldik, biroq omad biz tomonda emas edi. Ispaniyaning mehmonda yana bir o'yini bor. Biz guruhda birinchi o'rinni olish uchun o'sha o'yinni yutishimiz kerak, bu esa eng yaxshi yangilik bo'ladi”,—deydi Enrike.
Fikrlar