Luis Enrike: "Barselona" boshqa sovrinlarga ham munosib ekaniligini isbotlashi kerak"
18 may 2015 10:28
Yangiliklar


Luis Enrike: "Barselona" boshqa sovrinlarga ham munosib ekaniligini isbotlashi kerak"
"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike ko'k-anorranglilarning chempionatdagi g'alabasiga izoh berdi.
Primeroning so'nggi turida Kataloniya klubi "Atletiko" ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozonib, muddatidan avval mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi. "Barselona"ni Ispaniya Kubogi va CHempionlar ligasi finali kutib turibdi.
"O'n oy oldin katta o'zgarishlar bilan klubda faoliyatimni boshlagan edim. Jamoa hech nimani qo'lga kiritmagan edi. O'zgarish davri kelganini tushudik va buni iloji boricha ijobiy yakunlashga harakat qildik. Yangi davrni boshlayapmizmi, yo'qmi, buni bilmayman. Biz boshqa sovrinlarga ham munosib ekanligimizni isbotlashimiz zarur. Oldinda ikki final bor va bu o'yinlarda g'alaba qozonishimiz kerak" - deydi murabbiy.

Fikrlar