Luis Enrike: “Barsa” Messisiz ham sovrinlar yutishda davom etadi”
05 sen 2020 21:30
Yangiliklar
Luis Enrike: “Barsa” Messisiz ham sovrinlar yutishda davom etadi”
Ispaniya termasi ustozi Luis Enrike Millatlar Ligasi doirasida Ukrainaga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida sobiq shogirdi Lionel Messi haqida fikr bildirdi.
“Messi haqida nima deyishni ham bilmayman, ammo baribir o'z fikrimni bildirmoqchiman. Klub – bu eng avvalo insonlar, futbolchilar va rahbariyatdir. “Barselona” esa dunyoning eng yaxshi klublaridan biri. Ular doimo titullarni qo'lga kiritishgan.
Messi bilan juda yaxshi munosabatlarni yo'lga qo'yganmiz. Klub u bilan do'stona kelishuvga erishishini istardim. Ertami-kech u ketadi. “Barselona” sovrinlarni Messisiz ham yutishda davom etadi, Leo esa chiroyli futbol namoyish etishda davom etaveradi”, deydi Enrike.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Барселона" "Овьедо"ни аяб ўтирмади ва Ла Лига пешқадамига айланди
Fikrlar