Luis Enrike: "Barchasi xato bilan boshlangandi"
26 okt 2023 09:07
Yangiliklar
Luis Enrike: "Barchasi xato bilan boshlangandi"
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike ECHL doirasida "Milan"ga qarshi o'yindan so'ng (3:0) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Men judayam xursandman. Barchasi xato bilan boshlangandi. Dastlabki 20-25 daqiqada ishonch etishmadi. Kilianning goli bizni xotirjam qildi. Raqibdan ko'ra yaxshiroq harakat qildik deb o'ylayman.
Bunday darajadagi o'yinda butun bahs davomida ustunlik qilish qiyin. Himoyada qiynalmadik, lekin aniq harakat ham qila olmadik. SHuning uchun raqib tomondan ko'ra, o'z tomonimizda ko'proq vaqt o'tkazdik.
Usmanning golini hisobga olishmaganidan afsusdaman. Ammo shundan keyin ham jamoa vaziyatlar yaratishda davom etdi. Yakunda bu katta g'alaba bo'ldi", - dedi Enrike.
PSJ ayni paytda 6 ochko to'plab, guruh peshqadami bo'lib turibdi. Milan esa 2 ochko bilan guruhda so'nggi pog'onadan joy olgan.
Fikrlar