So’nggi yangiliklar

20:37Назорат ўйини. “Бунёдкор” Россия клубига мағлуб бўлди  0 20:09ОКМК Россия жамоаси устидан ғалаба қозонди  1 19:57Ўзбекистон футзал терма жамоаси мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  13 19:35"Металлург" голларга бой ўйинда "Локомотив" U-21'дан устун келди  1 19:23"Барселона" Левандовскига янги шартнома таклиф қилмоқчи  6 18:57"Ал Иттиҳод" Бензема ўрнига Салоҳни олиб келмоқчи  2 18:30Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Хитойга ютқазди  6 18:13"Андижон" Хомяков билан боғлиқ вазият юзасидан расмий изоҳ берди  4 17:58Эрон чемпионати. "Трактор" меҳмонда мағлубиятга учради, Ҳамробеков 73 дақиқа ҳаракат қилди  0 17:38Фарғона вилояти ҳокими кубоги. "ФарДУ"да йирик ғалаба, "Қумқўрғон"да жанговар дуранг ва бошқа натижалар  4 17:17САфарда. "Андижон"да нима гаплар? "Ультрас бургут"нинг режалари ва Сардор Азимов билан интервью  1 16:54Элит ОЧЛ. "Насаф" – "Ал Шорта" баҳсида ишлайдиган ҳакамлар эълон қилинди  6 16:25"Барселона" ва "Атлетико" "Тоттенхэм" футболчиси учун кураш олиб бормоқда  0 15:58"Челси" Хулиан Альварес учун курашга қўшилди  2 15:30Трансфер анатомияси  0

Luis Enrike: "Asosiy raqobatchimizni yutishimiz kerak" Yangiliklar

Luis Enrike: "Asosiy raqobatchimizni yutishimiz kerak"

"Barselona" ustozi Luis Enrike "Real"ga qarshi o'yindan oldin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Musobaqa jadvalidagi holat to'g'risida berilgan savolga murabbiy shunday javob berdi: "Bu meni qiziqtirmaydi. O'z maydonimizda o'ynaymiz, shu bois 100 ochko orqada bo'lganimizda ham g'alaba uchun maydonga tushardik. Muhim o'yinda muxlislarimizga zavq ulashmoqchimiz".
 
"O'ylashimcha ertaga Zidan kelganidan buyon kuchaygan "Real"ni ko'ramiz. Bu jamoa himoyada juda yaxshi o'ynaydi. Raqib safidagi individual futbolchilar haqida esa barcha biladi. U erda jahon darajasidagi futbolchilar bor. Azaliy raqibimizga qarshi o'z uyimizda o'ynaymiz. Bunday kuchli jamoani mag'lub etish uchun eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak", - deydi Luis Enrike.
 
"Inesta biz uchun juda muhim futbolchi, u jamoa sardori. Biroq bizning taktikamiz faqat bir futbolchi tufayli o'zgarmaydi", - deydi murabbiy.
 
"Bu hal qiluvchi o'yin deganlarga qo'shilmayman. SHaxsan men bu nimanidir hal qiluvchi o'yin deb hisoblamayman. Asosiy raqobatchimiz bo'lgani uchun ham uni mag'lub etishimiz kerak", - deydi Luis Enrike

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика