Luis Enrike: "Albatta, Mbappedek futbolchining PSJdan ketishi alamli"
24 sen 2024 13:35
Yangiliklar
Luis Enrike: "Albatta, Mbappedek futbolchining PSJdan ketishi alamli"
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike eng yaxshi to'purari Kilian Mbappeni yo'qotishni istamaganini tan oldi.
Eslatib o'tamiz, franciyalik hujumchi yozda Madridning "Real" klubiga erkin agent sifatida ko'chib o'tdi.
"Kilian – ajoyib futbolchi va fantastik shahs. U kabi o'zgacha yigitni topish mushkul. Takrorlayman, Mbappe fantastik darajada. Kilian "Real"ga o'tib ketayotganini ko'rish va uni jamoada saqlab qola olmaslik, achinarli albatta", – dedi Enrike matbuot anjumanida.
Mbappe Ispaniya chempionati joriy mavsumida 6 o'yinda maydonga tushdi va 4 ta gol urib, 1 ta golli uzatma etkazib berishga ulgurdi. Dekabr oyida Mbappe 26 yoshni qarshi oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar