Luis Alberto "Lacio"dan ketmoqchi
08 iyu 2021 15:20
Yangiliklar
Luis Alberto "Lacio"dan ketmoqchi
Rimning "Lacio" klubi yarim himoyachisi Luis Alberto yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishga qaror qildi.
Jurnalist Nikolo Skiraning malumotiga ko'ra, 28 yoshli ispaniyalik futbolchining xizmatlariga A Seriya va La Ligadan qiziqish bor. Bundan tashqari, "burgutlar" prezidenti Klaudio Lotito futbolchining transferiga qarshi chiqmoqda.
Luis Rim klubida 2016 yildan beri o'ynaydi. Futbolchining "Lacio" bilan shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Yarim himoyachi o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 34ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar