Lui van Gal: "Jamoani chempion qilishim uchun menga uch yil berishgan"
01 may 2015 23:56
Yangiliklar


Lui van Gal: "Jamoani chempion qilishim uchun menga uch yil berishgan"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Lui van Galning aytishicha, u 3 yil ichida jamoani APL chempioni qilishi lozim ekan.
"Menga MYUni Angliya chempioni qilishim uchun uch yil berishgan. Bu mavsumda "CHelsi"ni quvib o'tishni uddalay olmadik. Ammo, ikkinchi o'rin uchun imkonimiz bor. Biroq, keyingi mavsumda barchasi boshqacha bo'lishi ham mumkin. Bo'lajak mavsumga yanada yaxshi tayyorlanishimiz lozim", - deydi murabbiy.

Fikrlar