Lui van Gal Niderlandiyaning hal qiluvchi o'yini oldidan nogironlar aravachasiga o'tirdi
15 noy 2021 20:53
Yangiliklar
Lui van Gal Niderlandiyaning hal qiluvchi o'yini oldidan nogironlar aravachasiga o'tirdi
Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal terma jamoa lagerida jarohat oldi.
Manbaga ko'ra, 70 yoshli mutaxassis yakshanba kungi mashg'ulotdan so'ng mehmonxonaga etib kelganida, sirpanib, yiqilgan hamda sonidan jarohatlangan. Murabbiy oqshomni kasalxonada o'tkazdi.
Qayd etilishicha, u jarrohlik amaliyotiga muhtoj emas. Murabbiy mashg'ulotga golf mashinasida kelgan.
Van Galning o'zi bu shikastlanish uni ertaga Norvegiyaga qarshi JCH-2022 saralash o'yinida jamoani boshqarishiga xalaqit berishiga ishonmaydi.
"Men qattiq shikastlandim, shu bois nogironlar aravachasidaman.
Biroq hamma narsani bajara olaman, miyam hali ham avvalgidek ishlaydi. Anglashimcha, bu biroz g'ayritabiiy ko'rinadi, ammo murabbiyning ishini miya bajaradi. Mashg'ulotlarda hamma narsani odatdagidek bajaraman, - deydi mutaxassis.
Fikrlar