Lui van Gal: "De Xea? Ikki buyuk klub ichidan birini tanlash qiyin"
18 may 2015 09:00
Yangiliklar


Lui van Gal: "De Xea? Ikki buyuk klub ichidan birini tanlash qiyin"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Lui van Gal "Arsenal" (1:1) bilan bo'lgan bahsdan so'ng darvozabon David De Xeaning kelajagi xususida gapirib o'tdi.
De Xea bizdan osonlikcha ketmaydi. "Manchester Yunayted" - katta jamoa. De Xea ham bu jamoaning bir bo'lagi bo'lishni istaydi. Bir tomondan esa De Xea ispaniyalik va u buyuk jamoaga o'tishni istashi tabiiy. Davidga yakuniy qarorga kelish oson bo'lmaydi. Uni juda qiyin tanlov kutib turibdi. De Xea qoladi deb vada bera olmayman. Bu bizga bog'liq emas. Agarda David jamoada qolsa juda xursand bo'lardik.

Fikrlar