Lui van Gal: Bemalol 6ta gol urishimiz mumkin edi
13 jan 2016 10:00
Yangiliklar


Lui van Gal: Bemalol 6ta gol urishimiz mumkin edi
Manchester Yunayted ustozi Lui van Gal APL 21-turidan o'rin olgan Nyukaslga qarshi o'yindan so'ng (3:3) o'z fikrlarini bildirdi.
SHubhasiz, xuddi mag'lub bo'lgandek alam qilmoqda. G'alabani qo'ldan chiqardik. Hakam yo'q joydan darvozamizga penalti belgiladi, u erda kurash bo'lgandi xolos. Bemalol 6ta gol urishimiz mumkin edi, ammo buni qila olmadik. Agar yutganimizda ketma-ket 3ta uchrashuvda g'alaba qozongan bo'lardik.
Har bir matbuot anjumanida shuni takrorlayman: raqibdan ko'ra bitta ko'proq gol urishimiz kerak, – deydi van Gal.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar