Luchesku “Zenit”dan 4 millioen evro talab qilmoqda
16 iyu 2017 23:57
Yangiliklar
Luchesku “Zenit”dan 4 millioen evro talab qilmoqda
“Zenit” jamoasining sobiq bosh murabbiyi Mircha Luchesku ayni paytgacha klub bilan shartnomasini bekor qilgani yo'q.
71 yoshli ruminiyalik mutaxassis hujjatlarga imzo chekishni istamadi. CHunki “Zenit” tomonidan shartnomani bekor qilish borasida ilgari surilgan taklif murabbiyni qanoatlantirmagan.
Luchesku jamoadan shartnoma muddati yakunlanadigan kunga qadar oylik maoshini to'lab berishini so'ramoqda. Bu 4 million evroni tashkil qiladi.
Tomonlar muzokarani davom ettirishmoqda. Agar masala o'z echimini topmasa, murabbiy FIFAga murojaat qilishi mumkinligi haqida piterliklarni ogohlantirdi.
Luchesku “Zenit”dagi bir yillik faoliyatidan keyin istefoga chiqarilib, uning o'rnini italiyalik mutaxassis Roberto Manchini egalladi.
Fikrlar