So’nggi yangiliklar

01:57АПЛ. Лондон дербисида "Арсенал" "Челси"га "тарсаки туширди"  13 01:30Иброҳимхалил Йўлдошев: “Биз рақиб танламаймиз”  1 01:26Русланбек Жиянов: “Йўлимиздан чиққан жамоани мағлуб этишимиз керак”   0 01:15ОЧЛ. Юлдузларни ўзида жамлаган "Ал Ҳилол" турнирни тарк этди, "Ал Айн" финалда!  6 00:44"Бунёдкор" собиқ футболчиси "Барселона"га янги мураббий тавсия қилди  4 00:27ПСЖ ёзда Ямал учун улкан миқдордаги сумма таклиф қилмоқчи  3 23:50Колумбияда ўйин пайти футболчига пичоқ улоқтирилди  0 23:34Тимур Кападзе: "Рақибимиз Саудия бўладими ёки бошқа бир жамоа, биз ўз мақсадимизга эришишимиз керак"  11 23:01U-23 Осиё кубоги. Кувайт Малайзияни мағлуб этиб, "D" гуруҳида учинчи ўринни эгаллади  0 22:31Осиё кубоги. Вьетнам йирик ҳисобда мағлуб этилди. Кейинги рақиб - Саудия Арабистони  150 22:11Қирғиз Республикасида Марказий Осиёдаги энг йирик стадион қурилиши бошланди  28 21:55"Барселона" президенти "Реал"га қарши ўйинни такрор ўтказишни талаб қилмоқчи  17 21:38Усэйн Болт: "Мен пойгада Мбаппедан тез югураман"  4 21:11Моуринью янги жамоасида дарвозабонсиз ўйнайдиган тактика қўлламоқчи  11 20:24"Ньюкасл" ҳужумчиси "Барселона"га ўтиши мумкин  4

Luchano Spalletti "Napoli"ni qanday qilib o'zgartirdi? Klub - Skudetto uchun asosiy favoritlardan biri! Yangiliklar

Luchano Spalletti "Napoli"ni qanday qilib o'zgartirdi? Klub - Skudetto uchun asosiy favoritlardan biri!

"Napoli" o'tgan mavsum CHempionlar Ligasiga chiqa olmadi va bosh murabbiyni o'zgartirdi.

Klub xo'jayini Aurelio De Laurentis bir qancha nomzodlarni ko'rib chiqdi, ammo Luchano Spalletti variantida to'xtaldi va adashmadi. Italiyalik murabbiyi klub uchun ideal darajada mos tushdi.

So'nggi vaqtlarda Jennaro Gattuzo va "Napoli" o'rtasidagi aloqalar ancha darz ketgandi. Albatta, ijobiy va emocional paytlar ham bo'lgan. Biroq birgina xato barcha yaxshiliklarni yuvib ketadi deyishganidek, kamchiliklar orasida g'alabalar ham ko'rinmadi. "Napoli" ko'p xato qildi, shartnoma bo'yicha Gattuzo va De Laurentis o'rtasida nizo paydo bo'ldi. "Napoli" CHempionlar Ligasiga chiqolmadi va Gattuzoning Neapoldagi safari o'z nihoyasiga etdi.

Jennaro bir qancha vaqtga Florenciyaga ketdi, "Napoli" esa Spallettini taklif qildi. Yangi murabbiy qisqa vaqt ichida jamoani yaxshi tomonga o'zgartira oldi.


Luchano ikki yil dam oldi. Bu vaqt ichida nima bilan shug'ullandi?

Qisqa qilib aytadigan bo'lsak, hayotdan zavqlanib yashadi. "Inter" bilan shartnomasi (har mavsum uchun 5 mln evro) 2020/21 yilgi mavsum oxirida yakuniga etdi. 10 mlnni yo'qotib qo'ymaslik maqsadida (ishdan bo'shatilganidan so'ng 2 mavsum uchun maoshi) "Milan", CHili terma jamoasi, Xitoy va Qatar, shuningdek, Ispaniya chempionati takliflarini rad etdi.

2020 yil oxirida Luchano intervyu berdi va shunday dedi: "Menda hammasi joyida, oilam bilan vaqt o'tkazdim va hayotdan zavq olib yashadim. Ammo tez kunda yana ishga qaytaman". Uning ijtimoiy tarmoqlarini ko'rib, bunga yana bir bor ishonch hosil qildik:



SHuningdek, Luchano mashq qilishni ham tashlab qo'ymadi, Xabibga salom ham yo'lladi.


"La Gazzetta dello Sport" nashri Spallettining 2 yillik tatilidan so'ng butunlay ko'tarinki kayfiyatda ishlaydi deb yozgandi. U futbolchilar bilan aloqani yo'lga qo'ya oldi va klub ichidagi muhitga ijobiy tasir ko'rsatdi: futbolchilar Gattuzo bilan o'tgan vaqtni qadrlagan holda, Luchano bilan hamkorlik ularning o'yin davomidagi aloqasini yaxshiladi.

Insaydlar bazi futbolchilar so'zlarini keltiradi. Masalan, Osimxen shunday degandi: "Menga Spalletti yoqadi. U muhim narsalarni juda yaxshi tushuntirib bera oladi. U — "Napoli"ni yuqori pog'onalarga olib chiqa oladigan murabbiy".


"Napoli"dagi etishmovchilik tufayli "nolidi" va tarkibni kuchaytirishsiz jamoani yaxshiladi!

Avvaliga "Napoli"ning bu mavsum boshidagi ko'rsatkichlarini raqamlar orqali keltirib o'tsak:

  • 7 o'yin = 7 g'alaba. Italiyaning bu natijadagi yagona klubi.
  • 2 ta o'tkazib yuborilgan to'p — A Seriyadagi eng yaxshi ko'rsatkich.
  • 16 ta gol — ligada ikkinchi o'rin (faqat "Inter" bu borada undan yaxshiroq — 20 ta gol).
  • Top-5 liganing faqat bir klubi bu mavsum ochko yo'qotmadi — "Napoli".
  • Viktor Osimxen to'purarlar poygasida etakchilar qatorida bormoqda — 4 ta gol. Italiyada faqat CHiro Immobile (6) va Edin Jekoda (5) undan ko'proq.



"Napoli" o'z tarixida ilk bor A Seriyaning dastlabki 4 o'yinida g'olib bo'ldi.

Endi Spallettidan muntazam ravishda chempionatdagi etakchiligi haqida savol berishmoqda. Kulib, kamtarlik bilan shunday degandi: "Biz hali maydonning uchinchi qismidagi, hujumdagi o'yinimizni kuchaytirishimiz zarur – biz ko'p hollarda raqib jarima maydonchasigacha etib boryapmiz, lekin unga kira olmay qolyapmiz. To'pga egalik qilishdan zarbalar ko'rinishida samara olishni o'rganish zarur. Futbolchilarimning salohiyati etarli, biz hali yanada kuchliroq bo'lishimiz mumkin".

O'tgan yil bilan solishtirganda "Napoli" tarkibi deyarli o'zgarmadi. Yagona farq — tayanch yarim himoyachi Andre Zambo-Angissa keldi ("Fulxem"dan ijara). Jamoaga qo'shilganlar boshqa yo'q, lekin klubdan ketganlar bor: yozda erkin agent sifatida Elseid Xyusay "Napoli"ni tark etdi (Mauricio Sarri qo'l ostidagi "Lacio"ga ketdi) va Nikola Maksimovich ("Jenoa").

Mavsum boshlanishidan oldin De Laurentis "Napoli" CHempionlar Ligasiga chiqish uchun kurashishiga ishora qildi. Sarmoyasi nol bo'lib turgan har qanday murabbiy ham bundan jahli chiqqan bo'lardi. Ammo Spalletti emas. Mavsum boshlanishidan avval shunday degandi: "CHempionlar Ligasiga chiqish — asosiy maqsadim. Hozirgi tarkib meni qoniqtiradi, chunki haqiqatdan kuchli jamoa tuzilgan. Biror narsani o'zgartirishdan mano yo'q".

Luchano so'zlarini ish orqali ko'rsatib bermoqda: u juda ko'p ishning uddasidan chiqmoqda. Spalletti oxirgi ish joylarida ("Roma" va "Inter") bosslarning istaklari va mavjud shartlariga moslashishni o'rgandi. SHunga o'xshash holat "Napoli"da ham sodir bo'lmoqda. Masalan, yangi chap himoyachini olish imkoniyati yo'q ("Napoli"ning so'nggi yillardagi eng og'riqli nuqtasi). Hozircha bu poziciyada Mariu Ruy o'ynamoqda.



Nima, umuman pul yo'qmi? Muammo emas, Spalletti mavsum davomida tarkibni almashtirib, turli sxema bo'yicha tajriba o'tkazib ko'radi: "Veneciya" bilan o'yinda — 4+3+3, "Jenoa" bilan uchrashuvda — 4+2+3+1, "Lester"ga qarshi bahsda — 3+5+2. "Napoli" sardori Lorenco Insine bunga shunday baho bergan: "Biz Spalletti aytganidek futbol o'ynashga harakat qilyapmiz. Biz CHempionlar Ligasiga chiqa olmaganimizdan juda xafa ekanimizni u yaxshi biladi va bizni yuqoriga ko'tarishga harakat qilmoqda".


"Napoli"dan maxsus dars: Pulni qanday sarflash kerak?

Neapolliklar Matteo Politano xaridi uchun 19 mln evro berishgan; yana Zambo-Angissa ijarasi uchun "Fulxem"ga 600 ming evro. Bo'ldi. A Seriya bugungi kundagi kuchli beshlik (+"Yuventus") klublari orasida hozircha u eng past raqamlar bo'yicha ikkinchi o'rinda: faqat "Lacio" yozda kamroq sarfladi (12.76 mln evro).

Lekin evrokuboklar ishtirokchisi "Napoli" nega ko'p pul sarflashga qodir emas? Birinchisi, CHempionlar Ligasidan chiqib ketdi — bu bir necha o'n million minus degani (klub rahbariyati so'ziga ko'ra bu katta zarba). Ikkinchidan, Italiyadagi inqiroz. De Laurentis, "Napoli"ning may oyidagi moliyaviy ahvoliga izoh berar ekan, shunday deydi: "Pulimiz yo'q. Biz yaqin bir yarim yoki ikki yil ichida Osimxen (70 mln)  va Lozano (35 mln) darajasidagi kabi transferlarni amalga oshira olmaymiz. Koronavirus bizga qattiq zarba berdi, shuning uchun, hozirgi vazifamiz — asosiy futbolchilarni olib qolish, yoki ularni sotsak ham, yaxshi narxga sotish".



"Napoli" bor narsalardan yaxshi foydalana oladi. Yorqin misol — zaxira o'rindig'i uchun markaziy himoyachi izlash. Insayder Janluka Di Marcioning aytishicha, "Napoli" bir muddat Juan Jezus va SHkodran Mustafi bilan muzokara olib borgan. Ikkisi ham erkin agent edi, lekin bittasi bilan shartnoma imzolamoqchi va ko'p pul sarflamaslikka harakat qilgan edi. SHuning uchun, har biriga million evro maosh bilan bir yillik bitim taklif qilgan — kim shu shartga rozi bo'lsa, ushani olishmoqchi edi. Jezus rozi bo'ldi, Mustafi esa "Levante"da to'p tepmoqda.

"Napoli"da murabbiyni ham deyarli shunday tanlashgan. Italiya ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Neapolliklar Spalletti bilan shartnoma imzolagunga qadar, klub egalari Massimiliano Allegri bilan muzokara olib borishgan ekan. "Corriere dello Sport" jurnalistlarining xabariga ko'ra, Maks "Napoli" bosslari juda uzoq suhbat qurgan va 3ta sabab tufayli ularga rad javobini bergan. Birinchisi — uni shartnoma shartlari qoniqtirmagan. Ikkinchisi — "Napoli" murabbiyga yozda kuchli transferlarni vada qilmagan. Uchinchisi — "Yuventus"dan qo'ng'iroq bo'lgan. Ammo gap-so'zlarga qaraganda, Maks "Napoli" bilan kelisholmaganidan keyingina "Yuve"ga qaytishga rozi bo'lgan.

Spalletti esa ko'p narsa so'ramadi, talablar qo'ymadi va De Laurentis jamoasida ishlamoqda. Va katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda!

Eslatib o'tamiz, bugun Toshkent vaqti bilan 21:00da "Napoli" - "Torino" start oladi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика