"Los Anjeles Gelaksi" shov-shuvli transferga qo'l urdi
18 jan 2020 12:30
Yangiliklar


"Los Anjeles Gelaksi" shov-shuvli transferga qo'l urdi
"LA Gelaksi" klubi hujumchi Xaver "CHicharito" Ernandes bilan shartnoma imzoladi.
AQSH klubi forvardni "Sevilya"dan sotib oldi. Klub unga 38 yoshli shveciyalik Zlatan Ibragimovichning o'rinbosari sifatida qaramoqda.
Xabar qilinishicha, Meksika terma jamoasi o'yinchisi okeanortidagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchiga aylanadi.
31 yoshli Ernandes "Sevilya" sharafini 2019 yilning yozida beri himoya qilib kelayotgan edi. U ispan klubiga "Vest Xem"dan 8 million evro evaziga o'tgan edi.
Futbolchi joriy mavsum 17ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar