Loris Franciyaga yo'l olishi, "Tottenxem" esa "Bernli"dagi Poupni xarid qilishi mumkin
24 fev 2021 14:49
Yangiliklar


Loris Franciyaga yo'l olishi, "Tottenxem" esa "Bernli"dagi Poupni xarid qilishi mumkin
"Tottenxem" sardori va golkiperi Ugo Loris yozda jamoasini almashtirishi mumkin.
Mavsum yakunida 34 yoshli francuzning "shpor"lar bilan shartnoma muddati yakunlanishiga bir yil qoladi. Loris xizmatlariga PSJ qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda Daily Mail.
Agar Ugo klubni tark etsa, londonliklar "Bernli" sharafini himoya qilayotgan Nik Poupni sotib olishga harakat qiladi.
28 yoshli angliyalik posbon narxi taxminan 30 mln funt deb baholanmoqda. U "Tottenxem" short-listida golkiperlar orasida etakchi hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
12:06
"Manchester Siti"ga yangi kelgan Sherki: "MYUni yo'q qilish uchun ular bilan o'yinni kutyapman" 22

Fikrlar