Lorentening "Liverpul"ga ikkita gol urgan o'yindagi libosi 8 ming evroga sotildi
13 apr 2020 11:38
Yangiliklar
Lorentening "Liverpul"ga ikkita gol urgan o'yindagi libosi 8 ming evroga sotildi
"Atletiko" o'yinchisi Markos Lorente koronavirus pandemiyasi qurbonlariga yordam berish uchun mablag' to'plashda ishtirok etayotgani haqida oldinroq xabar qilgan edik.
Futbolchi "Liverpul"ga qarshi "Enfild"dagi ECHL 1/8 final javob o'yinida harakat qilgan libosini aukcionga qo'ydi. Ispaniyalik ushbu bahsda amaldagi chempionlar darvozasiga zaxiradan tushib ikkita gol urgan edi.
25 yoshli o'yinchining libosi 8100 evroga sotildi.
Eslatib o'tamiz, "Atletiko" ECHL 1/8 finalida "Liverpul" ustidan umumiy 4:2 hisobida g'alaba qozongan holda, keyingi bosqichga yo'l olgan edi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar