So’nggi yangiliklar

12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  3 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  1 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  5 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  4 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  6 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  17

Loran Koselni: “CHempionat deyarli marafon kabidir” Yangiliklar

Loran Koselni: “CHempionat deyarli marafon kabidir”

“Arsenal” himoyachisi Loran Koselni klub jurnaliga jamoadagi 5 yillik faoliyati qanday kechgani to'g'risida intervyu berdi.


Debyutida u “Enfild”da “Liverpul”ga qarshi o'ynagan va maydondan chetlatilgandi. O'sha kartochka uning uchun yomonlik emas, balki yaxshilik sifatida xizmat qildi. U jahonda o'z poziciyasidan biri sifatida o'sdi.


- Ushbu 5 yil qanchalik tez o'tdi?

- To'g'risi, u shunchaki uchib ketdi. Hammasi tez o'tdi. Bu yil shu holatni haqiqiysiga his qildim. 30 yoshni qarshi oldim. Bu yoshda faoliyatingni yakunlashga yaqin qolganini his qilasan. Farzandlarim yaqinda 5 va 3 yoshga kiradi. O'yinchilar haqida ham shunday deyish mumkin. Mavsumlar va hammasi juda tez o'tmoqda. Bu bilan zavqlanamiz, biroq bir mavsumdan ikkinchisiga tez o'tganingni sezasan.

- Klubdagi birinchi kundan nimani eslab qolgansiz?

- 2010 yilning iyul oyi edi. Bu erga shartnoma imzolash uchun kelgandim. Asabiylashgandim. Oddiygina “Loryan” klubidan kelgandim. Franciya yuqori divizionida 35 uchrashuvda o'ynagandim. 24 yoshda bu o'tish katta voqea bo'lgandi. Hech qachon bunday baza yoki “Emireyts” kabi stadionni ko'rmagandim. Baxtli edim.

- “Arsenal” safida debyut o'yinida “Liverpul”ga qarshi tarkibni eslaysizmi?

- Ox! (kuladi). Darvozada Almuniya edi. Himoyada Vermalen, Sanya, Klishi va men. Yarim himoyada Diabi, Denilson, Juru yoki Ebue. Oldinda Nasri, Uilshir, Arshavin, hujumda esa SHamax edi.

- Ajoyib! O'shanda yaxshi xotira qolganmi?

- Bu haqida o'ylamayman, lekin yaxshi eslayman. “Arsenal” uchun birinchi o'yinni “Enfild”da o'ynash odatiy emas. Qo'shib berilgan daqiqalarda durangni sug'urib olgandik. Meni birinchi bellashuvdayoq chetlatishgan. O'shangacha faoliyatimda 2 marta qizil kartochka olgandim xolos. Ikkinchi sariq kartochka berilganda omad kulib boqmagan.

- O'sha payt bilan solishtirganda hozir qanchalik kuchlisiz?

- Barcha jihatdan o'sishga erishdim: jismonan, yakkakurashlarda, ruhiy va texnik tarafdan. Avval ham o'yinlardan avval asabiylashmasdim. Hozir esa bahslarga qanday tayyorlanishni juda yaxshi bilaman. Premer-liga bilan yaxshiroq tanishman. Kelganimdan buyon hozirgi saviyaga chiqish uchun ko'p mehnat qildim. Har doim o'sishga erishdim. Har kuni yaxshiroq bo'lib borayotganimni his qilaman. SHu bilan birga ishlashda davom etishni xohlayman. Hozir klubga kelgan paytimga nisbatan ham jiddiyroq mehnat qilyapman.

- O'tishdan keyin eng ko'p nima ustida ishladingiz?

- Darhol jismonan ko'p ishlashga to'g'ri kelishini angladim. Tezligim yaxshi edi. Texnikaga kelsak, o'z tomonimdan to'p oshirishlarni ijro etaman. Franciya bilan taqqoslaganda kuch ketishi va o'yin tezligida katta farq bor. Yana stadiondagi muhitdan cho'chimaslik va bosimni his qilmaslikni o'rgandim.

- SHu davr ichida inson sifatida qanday o'zgardingiz?

- Birinchi navbatda ota bo'ldim. Hamisha bosiq va oilamni yoqtirganman, uyda bo'lishni maqul ko'raman. Bolalar senga faolroq bo'lish, oyoqda mahkam turish va faqat o'zing haqida o'ylashdan tiyilishga chorlaydi. Endi bolalarim uchun yashayman, ularning kelajagini taminlayman. Bu men uchun juda muhim.

- “Arsenal” o'yinchisi sifatida qanday o'zgardingiz?

- Kiyinish xonasida hurmatni his qilaman. Kelgan paytim bilan solishtirganda o'zgarish mavjud. Hozir yigitlar o'yinda menga ishonish mumkinligini bilishadi. Yana taslim bo'lmasligim, jamoa uchun kurashishdan chekinmasligim haqida bilib olishgan.

- Bu hurmatni his qilish siz uchun muhimmi?

- Ha, lekin bu eng muhimi deb o'ylamayman. Ammo jamoadagi sheriklar sen uchun kurashishi, senga ishonishi, bir-birimizni hurmat qilishimiz muhim. Barchamiz birgalikda o'zimizni yaxshi his qilamiz.

- Bu vaqtda “Arsenal” qanday o'zgardi?

- Ruhiyat umuman o'zgacha. O'yinchilar o'zgardi. 2010 yilda o'ynayotganlardan kamchilik qoldi. Bu futbol klubi hayotidir. Murabbiylar va o'yinchilar almashadi, klub esa qoladi. Hozir yangi falsafaga egamiz. Endi ko'proq yuqori texnikali ispan yoki ispan tilida so'zlashuvchi futbolchilar bilan shartnoma tuzilyapti. Nacho, Santi, Aleksis va Ektor bunga misol. Bu hal qiluvchi o'zgarish bo'ldi. Murabbiy barchasini omuxtalashtirishga erishdi.

- O'tgan 5 yilni qanday tariflaysiz?

- Bu erda o'tkazayotgan vaqtimdan qoniqyapman. “Arsenal” tarkibida shu yillarda 200dan ortiq uchrashuvlarda o'ynadim. Ko'p jarohatlanmadim, omad kulib boqdi. Yana APLda yaxshi markaziy himoyachilardan biri sifatida qarashlariga umid qilaman.

- Bu paytda “Birmingem”dan Liga Kubogi finalida mag'lubiyat va oxirgi 2 yilda Angliya Kubogidagi g'alabalarni boshdan kechirdingiz.

- “Birmingem” bilan o'yin kabi holatlarni o'ylamayman, biroq xotirlash hamisha yomon bo'ladi. Yangi klubda birinchi finalni yutqazish yoqimli emas. Lekin bundan o'rganib borasan. Bu faoliyatimga yordam berdi. O'shanda hal qiluvchi vaziyatda darvozabon bilan tushunmovchilik oqibatida gol o'tkazib yubordik va keyin yanada ko'proq ishlashni boshladim. Angliya Kuboklari esa bayramga aylandi.

- Bu yil “Arsenal” uchun atalishi mumkinmi?

- Mumkin. Agar har hafta “Manchester Yunayted”ga qarshi dastlabki 20 daqiqada ko'rsatgan o'yinimizni namoyish qilsak, ha, bizda chempionlik maqsadi bor. Biroq “Olimpiakos” bilan uchrashuvdagi kabi harakatlansak, kuchli to'rtlikda bo'lmaymiz. Yaxshi va sifatli tarkibga egamiz. CHempionatni yutish uchun barqaror bo'lishimiz lozim. Bu marafon. Har dam olish kuni qiyin o'yin kutadi. Xohish va ishtiyoqni saqlab qolishimiz kerak, hatto yaxshi holatda bo'lmasak ham. Yaxshi o'ynamaganimizda 1:0 hisobida yutish uchun himoyada jipsroq, hujumda faolroq bo'lishimiz darkor.

- Kiyinish xonasida etakchiga aylandingizmi?

- O'ylashimcha, maydonda o'rnak bo'laman. Yigitlar yaxshi kayfiyatda bo'lmasam, mashg'ulotda keskin o'ynashimni yaxshi bilishadi. Bazan zarur gaplarni aytaman. 2 yil avval “Uigan”ga qarshi yarim finaldan oldingi suhbatni eslayman. Jarohat sababli o'ynay olmasdim. Jamoaga o'ylayotgan narsalarim to'g'risida gapirdim. Gaplarni yurakdan chiqarib aytdim. Hozirgacha bu to'g'risida hazillashib turamiz. Nutqim ingliz tilida bo'lgandi. Hammasini to'g'ri qilish kerak. Bazan gapirishning keragi yo'q, barchasini nigohlar orqali hal qilish mumkin. Bunday toifadagi odamlarga yaxshi yondoshaman.

- Raqiblar sizni hurmat qilishini his qilasizmi?

- Bunga katta etibor qaratmayman. O'yinga va qarshimdagi hujumchi bilan yakkakurashga ko'proq diqqat qilaman. Faqat qanday g'alaba qozonish, raqibni yakkakurashda engish, to'pni olib qo'yishni o'ylayman. Lekin, masalan, Suaresga qarshi o'ynaganimda biz bir-birimizni turtdik. Vaziyat hurmat va qo'l tashlash bilan tugadi.

- Suares sizga qarshi o'ynagan raqiblar orasida eng xavflisimi?

- Ha, u Drogba va Aguero kabi eng yaxshilar orasida. Premer-liga shunisi bilan yaxshiki, bu erda turlicha o'ynaydigan hujumchilarni uchratish mumkin. Har hafta ularga qarshi o'ynashda moslashishing kerak bo'ladi. Uchrashuvdan keyin harakatlarimni o'rganaman, statistikani ko'rib, nimani to'g'ri amalga oshirganimni bilaman.

- “Arsenal” ishqibozlari bilan munosabatingiz qanday?

- Ularni hurmat qilaman! Ularga men haqimdagi qo'shiq uchun rahmat aytaman, shunchaki ajoyib. Men va muxlislar o'rtasida katta hurmat bor. Balki, ular meni juda yaxshi bilishmas, chunki ijtimoiy tarmoqlarda faol emasman. Yaqinda “Twitter”da sahifa ochdim, biroq u erda ko'p narsa yoza olmayman. Kun davomida telefonni ko'tarib yurmayman. Bu narsalar muxlisi emasman. Lekin hozir oldingiga nisbatan ochiqroq insonga aylandim.

- Futbol olamiga qarashingiz qanday?

- Odamlar transferlar narxi, maosh va boshqa narsalar to'g'risida ko'p gapirishlarini bilaman. Buni tushunaman. Biroq futbolda homiylar pul ishlash maqsadida ko'p bergani uchun shunday ishlab topasan. Agar futbol daromad keltiruvchi soha bo'lmaganda buncha pul olmagan bo'lardik. Futbol – bu shou. U millionlab bolalarni har hafta orzu qilishga chorlaydi. Millionlab insonlarni xursand qiladi. Bu olamdagi eng yaxshi shou, umuman boshqa dunyo. Biroq barchasi ideal va quvnoq emas. Futbolni barcha muhokama qiladi. Buyuk Britaniyada 65 million murabbiy yashaydi! Bularning barchasiga katta etibor bermayman.

- Farzandlaringiz futbolchi bo'lishga qaror qilishsa, ularning qaroriga qarshilik qilmaysizmi?

- Ular nimani xohlashsa, shuni qilishadi. Ular o'qib, oliy malumot olishi uchun ko'mak beraman. Bu juda muhim, ular professional futbolchi bo'lishni istagan taqdirda ham. Ular boshqa sport turida professional, bog'bon yoki huquqshunos bo'lishni xohlashsa va bundan baxtli bo'lsalar, men ham baxtliman.

- Ular futbolni yoqtirishadimi?

- Ha, o'g'lim to'p tepishni yoqtiradi. U singlisi bilan “Emireyts”dagi barcha o'yinlarga tashrif buyuradi. Ular kuylab, olqishlashadi. Ular baxtli.

- Faoliyatingizni tugatgach, nima qilishni o'ylash to'g'risida boshladingizmi?

- Bu haqida ko'proq o'ylayapman, biroq hozircha aniq qarorim yo'q. SHu erda qolish yoki Franciyaga qaytishni bilmayman. Ko'ramiz, nima qilarkanman. OAVda ishlashim, murabbiy bo'lishim yoki shaxsiy biznes ochishim mumkin. Menda hali vaqt bor.

- Yana qancha o'ynay olasiz?

- Bilmayman. Tanam bardosh berguncha o'ynayman. SHartnoma bo'yicha 4 yillik muhlatga egaman. O'shanda 34 yoshda bo'laman. O'zimni qanday his qilishimga qarayman. Biroq jismonan tayyor bo'lsang ham bazan to'xtashing lozim. Rober Pires kabi 42 yoshda Hindiston chempionatida faoliyatingni tugata olmaysan! (kuladi)

- SHu erda tugatasizmi?

- Baxtli bo'lish uchun hamma narsa bor. Ketishimga sabab yo'q. Amaldagi shartnomam yakunida hayrlashuv o'yinigacha bir yil qoladi. Buni “Emireyts”da tasavvur qiling. Ajoyib bo'lardi.

- Terma jamoa uchun birinchi o'yiningizni eslaysizmi?

- AQSHga qarshi “Stad de Frans”da 2011 yilning noyabrida o'ynagandik. Brek SHi bilan 10-daqiqada boshlarimiz to'qnashib ketdi. Terma jamoadagi birinchi bellashuvim bo'lgani uchun maydondan chiqishni istamasdim. Tanaffusda Loran Blan o'yinni davom ettirganidan xursand bo'lgandi. Jiddiy narsa emasligini bilgandim. Oxir-oqibat barchasi xayrli tugadi.

- Yana bir jihatdan siz eng yaxshilardan sanalasiz. Buni bilasizmi?

- To'pni olib qo'yish. Bu mening o'yinim. Asosiy sifatlarimdan biri. Buni jamoaga zarar keltirmasdan qilishga urinaman. O'yin va to'p oshirishlarni yaxshi o'qiyman. Bu jamoaga yordam beradi. Bu ruhiy sinov va malum tarafdan sezgidir. Yana tajriba va o'yinni bilish ham.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика