Loran Blan: "Bayer"ga hurmat bilan qaraymiz"
16 dek 2013 18:48
Yangiliklar


Loran Blan: "Bayer"ga hurmat bilan qaraymiz"
"PSJ" bosh murabbiyi Loran Blan ECHL 1/8 finali qurasi haqida o'z fikrlarini bildirdi. Bu bosqichda Franciya klubi "Bayer"ga qarshi o'ynaydi.
– Bizga "Bayer" tushishi mumkinligiga tayyor edik, – deydi Blan UEFA rasmiy saytiga. – Ularning o'yinini o'rganib chiqayotgandik, buni fevralga qadar davom ettiramiz. Qura omadli yoki omadsiz keldi deya olmayman. Pley-offga chiqqan barcha klub kabi "Bayer"ga ham hurmat bilan munosabatda bo'lamiz.

Fikrlar