Lopetegi "Vulverxempton" hujumini Kunya bilan kuchaytirmoqchi
05 dek 2022 19:21
Yangiliklar
Lopetegi "Vulverxempton" hujumini Kunya bilan kuchaytirmoqchi
Mutaxassis hujum chizig'idan umuman qoniqmagan va shu tufayli "Atletiko" Madrid forvardi Mateus Kunya Premer-liga vakili tarkibiga jalb qilinadi. 23 yoshli braziliyalik hujumchi qishki transferlar paytida klubini almashtirishga yaqin. Bu Lopetegining jamoa boshqaruviga kelganidan so'ng amalga oshiradigan ilk transferi bo'ladi.
"Bo'rilar" joriy mavsumda Angliya chempionatida atigi 8 ta gol urishdi. SHu tufayli jamoa jadvalning eng quyi pog'onasida bormoqda.
2020 yilda Braziliya termasi bilan Olimpiada oltin medalini qo'lga kiritgan Kunya ushbu mavsumda "matraschilar" tarkibida 17 ta o'yinda ishtirok etdi va hali darvoza turiga to'p yo'llaganicha yo'q. "Atletiko" CHempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng xarajatlarni qoplash uchun bazi o'yinchilaridan voz kechishga majbur bo'lmoqda.
Mateus Kunyaga ingliz jamoalari orasida "Lids", "Everton" va "Aston Villa"dan ham takliflar bor.
Fikrlar