Lopetegi: "Sevilya"ni istaklar chulg'ab qolgan. Katta umid bilan o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqdamiz"
24 sen 2020 11:00
Yangiliklar


Lopetegi: "Sevilya"ni istaklar chulg'ab qolgan. Katta umid bilan o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqdamiz"
"Sevilya" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Evropa Superkubogi doirasidagi "Bavariya"ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
"Men etiborimni jamoamdagi futbolchilarga qaratganman. Ularni boshqalar bilan taqqoslamayman. Men o'z darvozabonlarimdan juda ham mamnunman va ularga ishonaman.
Biz o'yinga katta umid bilan tayyorgarlik ko'ryapmiz. Jamoani istaklar chulg'ab olgan. Rasmiy o'yinlarga qaytganimizdan mamnunmiz. Bunday "Bavariya"ga qarshi o'yin bizni ruhlantirishi va o'sishga undashi kerak", - deydi Lopetegi.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya" - "Sevilya" o'yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar