Lopetegi: "Sevilya" "Barselona"ga qarshi javob o'yini qanchalik og'ir bo'lishini tushunadi"

Alisher
11 fev 2021, 13:17
"Sevilya" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Ispaniya Kubogi 1/2 final doirasidagi "Barselona"ga qarshi ilk o'yin (2:0) haqida fikr bildirdi.

"Juda kuchli raqibga qarshi "Sevilya"dan ajoyib o'yin. "Barselona" bilan raqobat qilish uchun eng yuqori darajada o'ynash kerak. Aynan mening yigitlarim shuni qilishdi.

Endi bizning oldimizda qiyinroq vazifa turibdi - "Kamp Nou"da ustunligimizni saqlash. Biz bu favqulotda qiyin uchrashuv bo'lishini tushunib turibmiz", - deydi mutaxassis.

"Barselona" va "Sevilya" jamoalari o'rtasidagi javob o'yini 3-martda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca