Lopetegi “Real”ga qarshi bahsdagi hakamlik haqida: “Bu sharmandalik”
19 jan 2020 08:24
Yangiliklar
Lopetegi “Real”ga qarshi bahsdagi hakamlik haqida: “Bu sharmandalik”
“Sevilya” bosh murabbiyi Xulen Lopetegi La Liga doirasida “Real”ga (1:2) qarshi kechgan bahsning tanaffusi vaqtida hujumchi Lyuk de Yong tomonidan kiritilgan golning hakam tomonidan bekor qilinishiga noroziligini bildirib o'tdi.
“Bu sharmandalik, sharmandalik. Doimiy holat” deya qichqirdi Lopetegi klub “Sevilya” sport direktoriga.
Uchrashuvning birinchi bo'limida bosh hakam Xuan Martines Munuera VAR orqali vaziyatni takroran ko'rib, de Yong tomonidan kiritilgan golni bekor qilgandi.
Gollandiyalik futbolchi burchakdan uzatib berilgan to'pdan keyin gol urgandi. Hakamning fikricha, “Sevilya” yarim himoyachisi Nemanya Gudel to'p uzatilayotgan vaqtda “Real” futbolchisi Eder Militaoning harakatlanishiga halaqit qilgan.
Fikrlar