Lopetegi Moratani termaga chaqirmagani sababini aytdi
30 may 2018 12:15
Yangiliklar


Lopetegi Moratani termaga chaqirmagani sababini aytdi
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi "CHelsi" futbolchisi Alvaro Moratani JCHga olib bormasligi sababini aytdi.
"To'g'ri qarorni qabul qildim deb ayta olaman. Morata "CHelsi"da yaxshi o'yin ko'rsatgan bo'lsa ham, yomon paytlarni ham boshidan o'tkazdi. Mavsum yakunida yaxshi o'yin ko'rsata olmagani sababli uni termaga chaqirmadim. U yaxshi futbolchi va tez orada top darajada ekanligini ko'rsatadi. Morata kelajakda Ispaniyaning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lishiga umidvorman", - dedi Lopetegi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar