Lopetegi "Manchester Yunayted" rahbarlarining qiziqishini uyg'otdi
21 noy 2021 22:41
Yangiliklar
Lopetegi "Manchester Yunayted" rahbarlarining qiziqishini uyg'otdi
Ole-Gunnar Sulsher "Manchester Yunayted" bosh murabbiyligidan istefoga chiqarilgandan so'ng, mankunianliklar rahbariyati norvegiyalik mutaxassis o'rniga bir necha variantlarni ko'rib chiqmoqda.
Ulardan biri "Sevilya"ning amaldagi ustozi Xulen Lopetegi bo'lib turibdi.
Manbaning xabariga ko'ra, Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh ispaniyalik murabbiyning nomzodini "Manchester Yunayted" rahbariyatiga taklif qilgan. Qayd etilishicha, "Real"ning sobiq ustozi ingliz jamoasini boshqarishga qarshi emas.
Biroq bu holatda "Yunayted" Lopetegi qo'l ostida hozirda La Ligada ikkinchi o'rinda borayotgan "Sevilya"ga tovon puli to'lashi kerak bo'ladi. Klub avvalroq shartnomani bekor qilgani uchun Sulsherga taxminan 9-10 million evro to'lagandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar