Lopetegi: “Ha, uyga sovrinsiz yo'l olyapmiz, ammo qilgan ishlarimizdan faxrlanamiz”
25 sen 2020 09:02
Yangiliklar


Lopetegi: “Ha, uyga sovrinsiz yo'l olyapmiz, ammo qilgan ishlarimizdan faxrlanamiz”
Xulen Lopetegi “Sevilya”ning UEFA Superkubogidagi “Bavariya”dan qabul qilingan mag'lubiyatiga izoh berdi.
“O'z vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. Raqibda esa Noyer nomli qoyilmaqom darvozabon bor edi. SHunga qaramay biz o'z jamoamiz bilan faxrlanamiz. Jamoa ishga bo'lgan munosabatini, kuchi va xarakaterini namoyish etdi. Ishonch tark etmadi. Ha, uyga sovrinsiz yo'l olamiz, ammo qilganlarimizdan faxrlanamiz. Mag'lubiyatga uchrash har doim og'ir. Ayniqsa bu final bo'lsa va unda g'alaba qozonishga imkoniyating bor bo'lganida”, — deydi Lopetegi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar