Lopetegi Gomesning debyutini baholadi
04 fev 2021 11:23
Yangiliklar


Lopetegi Gomesning debyutini baholadi
"Sevilya" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Alexandro Gomesning "Almeriya" (1:0)ga qarshi debyut o'yinini baholadi.
"Bu ajoyib debyut bo'ldi, unga 1,5 oy davomida o'yin amaliyotisiz o'ynash oson bo'lmadi deb o'ylayman. Gomes mashg'ulotlarda o'zini yaxshi his qilayotganini ko'rsatdi.
U maydonda bo'lganida, bizga juda yordam berdi. Alexandro jamoani kuchliroq qilishi mumkin", - deydi Lopetegi.
Eslatib o'tamiz, 32 yoshli argentinalik futbolchi "Sevilya"ga qishki transfer oynasida "Atalanta"dan 5,5 million evro evaziga o'tdi. Gomesning ispan klubi bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar