So’nggi yangiliklar

20:00Ямаль "Сельта"га қарши ўйнамайди  1 19:42Франция футбол Федерация ПСЖнинг "Мбаппе иши" бўйича апелляциясини рад этди  0 19:31Суперлига. "Нефтчи" – "Насаф" 2:0. Highlights  1 19:20Суперлига. "Қизилқум" — "Навбаҳор" 1:4 (матнли трансляция)  6 19:17Анвар Бердиев: "Мақсадимиз — Суперлигага чиқиш"  0 18:59Фарҳод Нишонов: "Ҳакам қарорини муҳокама қилишни истамайман, аммо..."  0 18:34Моуринью яна Роналду билан бирга ишлаши мумкин  0 18:08ПРО-Лига. Расман — "Шўртан" плей-оффнинг иккинчи иштирокчиси!   2 18:05Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлди  43 17:43Суперлига. "Қизилқум" - "Навбаҳор": Асосий таркиблар маълум  2 17:09ПРО-Лига. 5 та гол урилган ўйинда "Бухоро" "Арал"дан устун келди  2 16:49ПСЖ янги машғулот марказини очди  0 15:32Жорж Микаутадзе фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 15:01"Манчестер Сити" Холандга янги шартнома таклиф қилмоқчи  2 14:40Тимур Кападзе: "Ўйин томонлама "Насаф"ни эътироф этаман, мавсум ўртача ўтмоқда"  16

Londonda "Sarribol" futboli bilan mashhur murabbiy - Mauricio Sarri (Intervyu) Yangiliklar

Londonda "Sarribol" futboli bilan mashhur murabbiy - Mauricio Sarri (Intervyu)

Italiyaning mashhur "Corriere dello Sport" nashri "CHelsi"da ish boshlagan italiyalik mutaxassis Mauricio Sarri bilan uyushtirgan keng qamrovli intervyuni etiboringizga taqdim etamiz.

- Londonda faqat Sarribol haqida gapirishmoqda.
- Bu menga yoqmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarga kam kiraman. Ammo yaqinda kirganimda bu haqda o'qidim. Odamlar jamoamiz ishtirokidagi kombinaciyalar videosini joylab, o'yinimiz haqida ijobiy fikr bildirishayotganini ko'rdim, o'qidim. "CHelsi" ko'rsatayotgan futbolni - Sarribol deb nomlashibdi. Lekin ular nima haqida gap ketayotganini to'liq tushunib etishgani yo'q. Kimdir buni o'ylab topgan va bu ko'pchilikka manzur kelgan. SHu bilan "CHelsi"nining hozirgi futboli Sarribol nomi ostida mashhur bo'p ketdi. Bir tomondan kulguli. Lekin meni bunga hech qanday qarshiligim yo'q. Aslida yoqimli. Londonga kelganimga endi 3 oy to'ldi. Meni futbolimiz muxlislarga yoqayotganidan benihoyat xursandman.

- Uslubni jamoaga singdirishda qiyinchiliklar yuzaga keldimi?
- Men iyulning o'rtasida keldim. Mundialda o'ynagan futbolchilar avgustda jamoaga qo'shilishdi. Keyin esa Avstraliyadagi turga yo'l oldik. Men tayyorgarlikka ko'proq vaqt bo'lishini rejalashtirgandim. Ammo bunday bo'lmadi. Aynan shu jihat ko'proq qiyinchiliklar taqdim etdi.

- Qancha vaqt bo'lishini istagandingiz?
- Yo'q, kamroq. Ammo shunga qaramay jamoa o'yinini yo'lga qo'yishda menga ispaniyalik futbolchilar ancha yordam berishdi. Ular men futbol tilida bir xil muloqot qilamiz. Hozir esa hamma rozi. "Napoli"ga ko'nikish, o'zaro tushunishda 1-2 hafta etarli bo'lgandi. Ammo u A Seriya. Italiya bu boshqa. Angliyaga kelganimda o'zimga-o'zim: "Mauricio, sen butun umr buni orzu qilganding. Endi o'zing bilan o'zing bo'l", degandim. SHunda hammasi risoladagidek kechdi. O'yinimiz chiqishni boshladi, natija ham kelyapti.

- Muzokaralar paytida muammolar yuzaga kelmadimi?
- Men haqimda har xil gap-so'zlar ("Napoli" prezidenti De Laurentisning ishorasi nazarda tutilyapti - tahririyat) yurganini bilaman. Keling, bu haqida batafsil to'xtalib o'tmaymiz. Men nima bo'lgan taqdirda ham "Napoli" va uning muxlislarini sevishda davom etaman. Ular men haqimda qanday fikrda ekanligini ham bilaman. Bu ikki taraflama muhabbat.



- "Napoli" 4-3-3 taktik sxemasidan voz kechdi.
- Men "Napoli"ning "Liverpul"ga qarshi o'yinidan ijobiy taraflama hayratda qoldim. Bu shunchaki ajoyib. "Napoli" muxlisi sifatida sevimli jamoamga yordam berganimdan mamnunman. CHunki biz "Liverpul"ni "Napoli" bilan  o'yinga qadar ancha charchatgandik. Tan olish kerak, o'sha kuni "Napoli" juda ajoyib futbol o'ynadi.

- A Seriyani kim yutadi?

- Italiyada "Yuventus"ga raqobat qiladigan jamoa yo'q. Bu haqda avval ham aytganimda mendan ranjishgandi. O'shandan buyon hech narsa o'zgarmadi. Joriy mavsum esa "Yuventus" nafaqat A Seriya g'olibligi, balki ECHL bosh sovrini uchun ham asosiy favorit. Menimcha, ECHL g'olibligi uchun ikkita jamoa kurash olib boradi.

- "Yuve" va "Real"?
- Yo'q, "Yuve" va "Manchester Siti". Gvardiola boshqaruvidagi "Siti" ECHLda g'oliblikni qo'lga kiritish uchun pishib etilgan jamoa aylandi. Bu ikkala jamoa mening ECHLdagi favoritlarim. Aslida nima bo'lishini esa ko'ramiz. Ko'p narsa jamoalarning bahorda qanday formada bo'lishiga bog'liq. Mavsumning hal qiluvchi pallasida Ispaniya grandlari qanday holatda bo'lishlari ham ko'p narsani belgilab beradi. Ammo hozirgi kunda ularda muammo ko'p. Martga yaqin esa har narsa ruy berishi mumkin.

- Odatiy ish kuningiz haqida aytib bering.
- Ish ertalab 9:00-19:00ga qadar davom etadi. SHuningdek, yana ikki soatni video-tahlilga bag'ishlayman. Bu men uchun dindek gap. Men klub qarorgohidan uzoq bo'lmagan joyda istiqomat qilaman. Uydan qarorgohga qadar 10 daqiqalik yo'l.  Men uyimga bekinib olaman va ustimdan qulflab qo'yaman. Agarda kimdir eshikni taqillatsa ham ochmayman. Men o'zim yaratgan dunyoda yashayman. Meni qadrlaydigan, doim yonimda bo'ladigan va qo'llab-quvvatlaydigan insonlardan minnatdorman. Men murabbiy sifatida pastki tabaqalardan chiqqanman. U erda sening uslubinga doim shubha bilan qarashadi. Quyi divizion jamoalari ishlaganingda istefo doim sen bilan yonma-yon yuradi. Ishni boshlamasdanoq tugatib qo'yishing mumkin.

- Quyi divizion ligalarini kuzatib borasizmi?
- Bu men uchun juda qiziq. Ammo hozir u erda nimalar ruy berayotganini tushunish qiyin. Jamoalar qaydnoma topshirolmay xalak, bazi klublar esa yo'qolib ketmoqda. B Seriyada esa 19 jamoa qolgan. Vaziyat haqida batafsil malumotlarga ega emasman, ammo u erda juda g'alati ishlar bo'lmoqda.

- Insine haqida qanday fikrdasiz?
- Insine - hozirgi kunda italiyalik eng kuchli futbolchi. CHunki Insine o'ziga juda ishonadi. Ayni paytda esa bu ishonch ikki karra kuchaygan. Futbolchi o'z vaqtida o'ziga bo'lgan ishonchsizlikni engib o'tdi va muammolarga barham berdi. Lorenco Insine o'zining ona shahri jamoasining haqiqiy etakchisiga aylanishi lozimligini tushunib etdi. Insinening yaxshi yoki yomon o'ynashi poziciyasiga bog'liq emas. Lorenco darvozaga yaqin o'ynagani tufayli ko'p gol urmoqda. Insine bundanda ko'prog'iga qodir futbolchi. Menda u trekvartist rolida o'ynagan, keyinchalik men uni qanot vingeri sifatida o'ynatdim. Men o'qituvchi, ammo o'quvchi ham kerak paytda ustoziga o'zini tavsiya qilishni bilishi lozim. Maydonda qarorni futbolchi chiqaradi. Futbolchi maydonda aqlan hammaga nimalarga qodirligini ko'rsatib qo'yishini to'g'ri anglay olishi kerak. Insineda bu xislat mavjud. O'ylashimcha, Insine yaqin vaqt ichida yanada kuchliroq futbolchiga aylanadi.

- Azar singarimi?
- Azar aqlbovarqilmas futbolchi.

- Bo'ldimi?
- Bu unga berilgan eng to'g'ri tarif. Eden Azarning o'zi ham yana qanchalik o'sishi mumkinligini tushunib etmayapti. Men unga dunyoning 3-4ta eng kuchli futbolchisidan biri bo'lishi mumkinligini aytganman.

- Azarga nima etishmaydi?
- Azar futboldan zavq oladi. Rohatlanib o'ynaydi. Bazan Azar futboldan nafaqat rohatlanish, balki o'yindan ko'proq narsa olish mumkinligini tushunmaydi. U o'zini chegaralaydi. Azar shunchaki ko'zini ochib, uning uchun barcha eshiklar ochiqligini ko'rishi lozim.


- Uning "CHelsi" bilan tuzgan shartnomasi 2020 yilga kelib tugaydi.
- Hozircha Eden shu erda. Azar men haqimda iliq fikrlarni bildirganini o'qish yoqimli bo'ldi. Men undan bu kabi iliq so'zlarni kutmagandim.

- David Luis ham sizni maqtadi.
- Luiz ajoyib yigit. David har doim sizga yordam berishga tayyor turadi. Haqiqiy professional.

- Sizda himoyachilar ko'pmi?
- Bilasizku, men transfer ishlari bilan shug'ullanmayman.

- Ruganini sotib olishni so'ramaganmidingiz?
- Yo'q.

- Himoyada muammo yo'qmi?

- Balki bordir, ammo men qo'l ostimdagi futbolchilarni shug'ullantiradigan murabbiyman. Transfer bilan shug'ullanadiganlarni esa hurmat qilaman. Ammo men bozorga juda ko'p ham yaqinlashmayman. Jurnalistlar mish-mishlar, xabarlar, transfer yangiliklari, raqamlar bilan mashg'ul bo'lishadi. Yaxshisi Italiya futbolidagi muammolarni ko'tarib chiqishsa foydali bo'lardi. Bu muammolar bartaraf etilmayapti va bu meni havotirlantiryapti. Italiya futbolidagi muammolar hech qachon tugamaydimi deb qo'rqaman. Sizlarga esa transfer qiziqroq. Menga esa jamoani shug'ullatirish yoqadi.

- Jorjinoni Neapoldan Londonda olib ketdingiz.
- SHunday imkoniyat tug'ilgandi va men bundan foydalandim. Jorjino men jamoadan qanday o'yinni kutishimni juda yaxshi tushunadi va biladi. Jorjinoga mening yarimta so'zim kifoya.  "Napoli"ga kelganimda Jorjino o'z o'rnida emasdi. Hozir esa u juda qimmat turadi va terma jamoada ham o'ynamoqda. Jorjino jamoadoshlariga ko'p yordam beradi, jamoani ortidan ergashtira oladi.

- Pul haqida gap ochilganiga. De Laurentis sizni "Napoli"dan pulni deb ketdi dedi.
- Agar siz yana shu mavzuni davom ettirmoqchi bo'lsangiz, unda men sizni kechki ovqatga taklif qilmayman. Menga uning so'zlari qiziq emas. Meni ko'proq "CHelsi"ning bo'lajak o'yinlari qiziqtiradi. Oldimizda turgan maqsadlar muhim. "Napoli" doim mening yuragimda, qolgani esa o'tmishda qoldi.

- Sarri kimnidir kuzatadimi?
- Men Marko Jampaologa muxlislik qilaman. Nima siz Marko endi hech narsaga erishmaydi deb o'ylaysizmi? Men ham 60 yoshda tanildim. Jampaoloning kelajagi hali oldinda. Roberto De Dzerbi esa meni 40 yoshimni eslatmoqda.  Uning ham kelajagi hali oldinda.

- Siz qariyapsiz. Starrijning golini Klopp bilan quchoqlashib nishonladingiz. Avval esa raqib gol urgan payt g'azabda yonardingiz. Oldindizda bo'lib qolishdan qo'rqardi barcha.
- Starrij o'sha paytda ajoyib o'ynadi. Siz nima qilgan bo'lardingiz? Men natijadan afsuslanmayman. CHunki ajoyib tomosha guvohiga aylandik. Goldan 10 daqiqa oldin Klopp menga kulib qaradi, men esa tushunmadim va nimaga kulayotganini so'radim.

- Bu sizga yoqadimi?

- Juda.

- Menga ham.
- Garchi o'sha payti "Liverpul" yutqazayotganiga qaramasdan Klopp menga o'yindan zavq olayotganini aytdi. SHu boisdan ham biz uchrashuvdan so'ng qadrdon do'stlardek quchoqlashib xayrlashdik.

- Hoziroq chempionat yakunlanib "CHelsi" ikkinchi pog'onada qolishiga rozi bularmidingiz?
- Hali endi oktyabr oyining ikkinchi qismi boshlanmoqda. Men Angliyaga g'oliblikni qo'lga kiritish uchun kelganman. Ammo shuni aytish kerakki, chempionat yakuniga ko'ra kuchli to'rtlikdan o'rin olish ham juda qiyin bo'ladi. ECHL yo'llanmasiga ega chiqish ham ajoyib natijaga aylanadi. Klopp "Liverpul"da, Gvardiola "Manchester Siti"da ishni qanday boshlaganini unutmaslik kerak. Hamma narsaga doim ham tezda erishib bo'lmaydi. Muvaffaqiyatga qozonish uchun ko'p vaqt talab etiladi. Ish jarayonida esa ko'plab eksperimentlarga qo'l uriladi.



- Sizga Iguain etishmayaptimi?

- Juda.

- Gonsalo "CHelsi"ga o'tishini istarmidingiz?

- Boshqa jamoa futbolchisi bilan umuman o'zga klubdagi holatni adashtirmaslik kerak. Iguaindek to'purar hujumchi nafaqat menga, barcha uchun qadrli. Iguain - gol mashinasi. Gonsalo qo'l ostingizdagi haqiqiy jekpot.

- "CHelsi" Iguainni jamoaga olib kelolmaydimi?
- Men Jiruning o'yinidan qoniqyapman. Olive jamoa uchun juda katta hajmdagi ishlarni amalga oshiradi. Alvaro Morata esa haqiqiy istedod. Tez orada Morata bu iqtidorini namoyon etishni boshlaydi.

- Iguanchi, uni jamoaga olib kelish rejangiz yo'qmi?
- Gazetalar sarlavhasini bezaydigan gaplarni aytishimga majbur qilmang. Iguain "Napoli"dan erta ketib qoldi. Agar u qolganidami, balki "Napoli" bilan birgalikda chempion bo'larmidik... Menimcha, Iguain bilan chempionlikka erishardik. Bizda o'zaro tushunish juda yuqori darajaga etgandi. Iguain jamoadan ketib qolganidan juda ham afsuslanganman.

- Azarni markaziy hujumda o'ynatishni o'ylamadingizmi?
- Bu haqda ming bora o'ylab ko'rganman. Har doim endi qaror qabul qilayotganda fikrimni qaytaman. Hozircha biz Azarni markaziy hujumda o'ynatishga tayyor emasmiz. Jiru va Morataga ishonish kerak.

- Insine Italiyaning eng yaxshi futbolchisi. U bilan bir qatorda yana kimni ko'rsatgan bo'lardingiz?
- Bernardeski. Federiko juda tez o'smoqda. Keza ham ajoyib iqtidor sohibi. Keza ko'proq o'z ustida ishlasa, undan kelajakda juda kuchli futbolchi chiqadi.

- Italiyaga qaytish rejasi bormi?
- O'zi endigina Angliyaga kelib orzuimga erishdim. "Statford Brij" stadioniga chiqishim bilanoq tribunalardan: "Mauricioooooo!", degan qichqiruvlar eshitiladi. Odatda g'oliblarnigina bu kabi qarshi olishadi. Men esa hali hech narsa yutganim yo'q. SHu boisdan ham bu qichqiruvlarni menga atalganiga ishonishim qiyin bo'lyapti. Bu juda yoqimli.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика